14- уanvar Vatan himoyachilari kuni



Yüklə 23,53 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü23,53 Kb.
#156412
1   2   3   4   5
Bilimlar.uz-Mardlar-qoriqlaydi-vatanni-bayram-dasturi

I boshlovchi:
Endi e’tiborlaringizga vatan haqidagi rivoyat asosida tayyorlangan sahna ko’rinishini havola etamiz.
Rivoyatchi:
Qadimgi hoqonlar davrida Mote ismli yosh hukumdor yashagan ekan. Qo’shni hoqon uning yurtiga elchi yuboribdi.
Elchi: Hoqonimiz aytdilarki:”Siz sevimli tulporingiz - sutdek oq, muqaddas otingizni berar ekansiz, bermasangiz, yurtingizga urush qilamiz”.
Yosh hoqon: Menga yurtim, fuqarolarim tinchligi kerak. Shu bitta ot uchun urush qilmoqchi bo’lsang, olaqol.


Rivoyatchi: Mote yurt osoyishtaligi uchun tulporini berib yuboribdi.

Hoqon sevinib, yana elchisini yuborib, bu gal Motening kanizagini so’rabdi va niyatiga yetibdi.


Uchinchi gal elchi kelib, hukmdordan qarovsiz, biror giyoh o’smaydigan,yil bo’yi suvga zor bir parcha yerni so’rabdi.
Vazir va uning ayonlari sukut saqlab qolgan yosh hukumdorga shunday debdilar:“Hoqonim, Siz ulardan sevimli otingizni va kanizagingizni ayamadingiz. Mayli, o’sha bir parcha tashlandiq yerni ham beraylik.”


Hoqon: Yo’q tulpor, kanizak menga tegishli edi, berdim. Ammo bu bir parcha yer - vatan va uning sarhadlarida, ota – bobolar, navara – chevaralarning ham haqqi bor.
Ularning haqini boshqalarga berolmayman.

U yer - Garchi o`sha bir parcha yer


Qizib yotar naq tandir.
Begona yer emas,
Bizlar uchun vatandir.

Rivoyatchi: Hukumdor bir parcha yerni dushmanga bermaslik uchun xalqini safarbarlikka otlantiribdi. Ona yurt ishqini yurakka joylab, jangga kirishgan qo’shinni ko’rib, ularning shiddatiga dosh berolmay dushman yengilibdi.


II boshlovchi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bob 52 - moddasida shunday deyiladi: “O’zbekiston Respublikasini himoya qilish - O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdir. ”

(Askarlikka kuzatish marosimi ko’rsatiladi).



Yüklə 23,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə