11 sinf O’zbek tilida evfemizm va disfemizm



Yüklə 205,15 Kb.
səhifə1/2
tarix07.06.2022
ölçüsü205,15 Kb.
#88972
  1   2
11 sinf O’zbek tilida evfemizm va disfemizm


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
NAMANGAN SHAHAR DAVLATOBOD TUMANI XALQ TA'LIMI B`OLIMI 33-SONLI UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN HARAKATDAGI O`QUV MASHG’ULOTI UCHUN




MAVZU: O’ZBEK TILIDA EVFEMIZM VA DISFEMIZM
(11 sinf)


O’ZBEK TILIDA EVFEMIZM VA DISFEMIZM
(11 sinf)

Evfemizm va disfemizm Turli xalqlarning ruhiyati ularning tilidagi evfemizm va disfemizmning yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi. Muayyan tilning mazkur hodisalarni tadqiq etishda ana shu til egasi bo‘lgan xalqning ruhiyati, dunyoqarashi, urf-odatlari, udumlari, irim-sirimlari, inonchlari diqqatga olinishi lozim.


Evfemizm ifodaga ijobiy yondashuvni yuzaga keltirish maqsadi bilan amalga oshiriladi . U shu tilda gaplashuvchi xalqning irimi, madaniyligi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqariladi. Prof. A. Hojiyev evfemizm hodisasini shunday izohlaydi: “Evfemizm (yun. euphemismos < eu – yaxshi + phemi – gapiraman) – narsa- hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi; qo‘pol beadab so‘z, ibora va tabu o‘rnida qo‘pol botmaydigan so‘z (ibora)ni qo‘llash. Masalan, ikkiqat, bo‘g‘oz so‘zlari o‘rnida homilador, og‘ir oyoqli so‘zlarini qo‘llash”1 . Disfemizm esa ifodaga salbiy yondashuvni yuzaga keltirish maqsadi bilan amalga oshiriladi.
Mavjud so‘zga evfemistik ma’no yuklanar ekan, bu ma’no qo‘llanmay qolgan so‘zning ma’nosi bo‘ladi. Ya’ni u leksik sathga mansub hisoblanadi. Uni asosan tabu bilan bog‘laydilar. Tabuga uchragan so‘z yoki ibora o‘rnida to‘g‘ridan to‘g‘ri evfemizm qo‘llanadi, ya’ni ma’lum so‘zga tabuga uchragan lug‘aviy birlikning ma’nosi yuklanadi, u evfemistik ma’no bo‘lib qoladi.
Tabu so‘zini birinchi marta ingliz kapitani J. Kook 1777-yilda Polineziyadagi Tonga orolida aniqlagan. Tabu so‘zi tonga tilidagi < tapu < ta – “belgilamoq”, “ajratmoq” va pu – “butunlay” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “butunlay ajratilgan”, “alohida belgilangan”, ya’ni “man etmoq, taqiqlamoq” ma’nosini anglatgan. Tabu aksariyat xalqlarning mifologik inonchlari asosida vujudga kelgan.
Tabu madaniy, diniy, irim yoki noxushlik uyg‘otishi nuqtayi nazaridan muayyan xatti-harakatlar yoki ayrim so‘zlar qo‘llanishini taqiqlashdir. Masalan, musulmonlarda “Qur’on” kitobini tahoratsiz qo‘lga olish, o‘zbeklarda qiblaga oyoq uzatib o‘tirish yo yotish, mo‘g‘ullarda pichoqni olovga tiqish man qilinadi. Bular diniy nuqtayi nazardan belgilangan tabulardir.
Tabular ikkiga: etnografik va lingvistik tabularga ajraladi. O‘zbeklarda supurgini, o‘qlovni tik qo‘ymaslik, birovning orqasidan supurmaslik, axlatdan hatlamaslik, otashkurakni oyoq ostida qoldirmaslik, suprani egasiz yig‘ishmaslik, nonning ushog‘ini yerga tushirmaslik, qaychini ochib qo‘ymaslik, qalampirni qo‘lga bermaslik, turkiy va eroniy xalqlarda suvni ifloslatmaslik, suvga tupurmaslik, mo‘g‘ullarda qozondan pichoq bilan go‘sht olmaslik, chodirda suv to‘kmaslik, olovga yaqin joyda daraxt kesmaslik, qamchiga tayanmaslik, koreyslar va xitoyliklarda kosadagi ovqatga qoshiqni tiqib qo‘ymaslik (faqat marhumga atalgan ovqatgagina qoshiq tiqib qo‘yiladi) kabilar irimga asoslangan etnografik tabular hisoblanadi.
Lingvistik tabu lug‘aviy birlikning yo xalq irimi nuqtayi nazaridan, yo atash noxushlik uyg‘otishi nuqtayi nazaridan muomalada qo‘llanishining taqiqlanishidir . Masalan, o‘zbek tilida chayon so‘zi tilga olinmaydi. Chunki uni atash chaqirish ma’nosini beradi, deb tushuniladi. Ma’lumki, bu hasharot havfli bo‘lib, zahari nihoyatda o‘tkir. U chaqsa, qattiq azob beradi. Shuning uchun uning nomi o‘zbeklarda taqiq qilingan. Ya’ni chayon so‘zini tilga olmaslikning o‘zi tabu deb qaraladi... U (ya’ni tabu ta’kid bizniki – Sh.U.) boshqa xalqlarda ham ko‘plab uchraydi. Masalan, nemislar ham, ruslar ham, tatarlar ham o‘z tillarida ayiqning nomini atamaydilar.
Umuman, tabular, taqiqlar, ogohlantirishlarning o‘z asosli mantig‘i, mazmuni va voqea-hodisalari bo‘ladi. Ko‘p marta takrorlangan mazkur hodisalarda hosiyat bo‘lganligi uchun xalq bilib ularni taqiqlab, keyingi avlodlarni ogohlantirib ketgan. Shuning uchun ham tabular bir xalq madaniyatidan ikkinchisiga, uchinchisiga ko‘chib yuradi.
Evfemizm tabuga uchragan so‘z ma’nosini yoqimliroq ifodali biror so‘z hosila ma’no sifatida aks etilishi hisoblanadi. Masalan, chayon so‘zi tabuga uchragan, qo‘llanishi man qilingan edi. Bu leksik hodisadir. Uning ma’nosi eshak so‘zida ifoda topdi. Evfemizm so‘z yoki iboraning hosila ma’no yuzaga keltirishi bilan bog‘li holda voqelanadi... metafora evfemik ma’no hosil bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, chayon so‘zi leksik ma’nosi eshak so‘zi leksik ma’nosi so‘zning evfemik ma’nosi sifatida voqelangan. Chunki chayon dumini gajak qilib turishi jihatidan eshakka o‘xshaydi. Mana shu o‘xshashlik eshak so‘zida evfemistik metaforik ma’no hosil bo‘lishi uchun sababdir.
Evfemizmlar “ovchilik tili”da keng qo‘llaniladi. Masalan, rus tilida medved so‘zining o‘rniga lesnik, xozyain, potapich so‘zlaridan foydalaniladi. Kabardin tilida ayiq – maymoq, kiyik – sershox, to‘ng‘iz – yirik, bo‘ri – kul rang, quyon – uch labli, ilon – uzun dumli va h.k.dan istifoda etiladi.
Ba’zi o‘zbek oilalarida erkak xotiniga katta qizining ismi bilan, xotin esa eriga katta o‘g‘lining ismi bilan xitob qiladi. Xotinga nisbatan onasi, oyisi, ayasi, erga nisbatan otasi, dadasi, adasi kabi murojaat shakllarini qo‘llash mumkin: To‘g‘ri, dadasi, men aytaman. Hoy onasi, suyunchini cho‘z. Mazkur xitob shakllari ibtidoiy davrlardan qolgan tabu qoldig‘i bo‘lib, u oilada er-xotindan ko‘ra ko‘proq bolalarning ota-ona juftligini, sherikligini, ya’ni bolalarning qadrini, ahamiyatini namoyon qiladi. Ayni holat koreys tilida ham kuzatiladi. Oilada farzand tug‘ilgandan keyin er-xotinning munosabatlari o‘zgacha tus oladi. Ularning birbiriga bo‘lgan hurmati yanada ortadi. Bu hurmat katta farzandning ismini qo‘shib xitob qilish orqali amalga oshiriladi: er xotiniga (farzandning ismi+omma) Arimomma “Arimning onasi”, xotin esa eriga (farzandning ismi+abba) Arim-abba “Arimning otasi”, yoki egi abba “bolamning otasi”, deb murojaat qiladi.
Lingvomadaniyatlarda evfemik omonimiya ham keng tarqalgan hodisalardan biri sanaladi. Masalan, o‘zbek tilida ketmoq 1, turk tilida gitmek 1, koreys tilida torakata (qaytmoq)1, rus tilida uyti 1, ketmoq 2 “o‘lmoq”, gitmek 2 (Ben gidersem adım kalır / Dostlar beni hatırlasın), torakata 2, uyti 2 (“ushyol iz jizni”); o‘zbek tilida xayrlashmoq 1, turk tilida vedalaşmak 1 xayrlashmoq 2 “o‘lmoq” (Bultur shunaqa “uka”lardan uchtasi bilan xayrlashdim...), vedalaşmak 2; o‘zbek tilida kuzatmoq 1, turk tilida uğurlamak 1, kuzatmoq 2 “o‘lmoq” (Tunov kuni qishloq eng aziz kishisini kuzatdi), uğurlamak 2 va h.k.
Xullas, “evfemizm tabuga uchragan yoki atash uchun noqulaylik tug‘diradigan so‘z o‘rnida yoqimli his uyg‘otuvchi belgi berish maqsadida, xuddi shunday belgiga yaqin narsa, harakat, holat kabilarning nomi yoki o‘sha noqulaylikni yopib yuboruvchi so‘z yo lug‘aviy birlik bilan atashdir”.

Yüklə 205,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə