102-mmts falsafa fanidan mustaqil ish Ibragimova farangiz



Yüklə 87,06 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü87,06 Kb.
#133024
1   2   3   4
102-mmts ibragimova farangiz

Sezishning ko‘rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og‘riq, muvozanat va tezlashishni his etish, hid, ta'm bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning har bir shakli o‘zining ayrim ko‘rinishi orqali materiya harakatining mazkur shakli va turi, masalan, elektromagnit, ovozli tebranishlar, kimyoviy ta'sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks ettiradi. Sezgi – ob'ektiv dunyoning sub'ektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi va ikkilamchiga mexanik tarzda ajratishga qarshi yo‘nalgan. Bu nuqtai nazardan birlamchi sifatlar (shakl, hajm va h.k.) narsalarning ob'ektiv mavjud xususiyatlari in'ikosi hisoblanadi, ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof sub'ektiv xususiyat kasb etadi.Bu yerda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim. IdrokSezgi a'zolariga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab yetishni o‘z ichiga oladi.

Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga amaliy ta'sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a'zolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko‘z narsalar rangini farqlashga qodir emas. Shunday qilib, biz haqiqatga eltuvchi yo‘l naqadar og‘ir ekanligini ko‘ramiz: u amalda jonning barcha kuchlari – xotira, iroda, tasavvur, intuitsiya va aqlning bor kuchini ishga solishni nazarda tutadi. Masalan, xotirani olaylik. Bilish haqida xotirasiz fikr yuritish mumkinmi? Albatta, yo‘q: xotirasiz jon – baliqsiz to‘r degan gap. Bu ajoyib hodisasiz bilishni tasavvur qilish mumkin emas. Sezish va idrok etish jarayonlari o‘zidan keyin miyada «iz» qoldiradi. Bu izlarning mohiyati insonga ayni lahzada ta'sir ko‘rsatmayotgan narsalarning obrazlarini gavdalantirish qobiliyatidan va iborat.


Yüklə 87,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə