10-Мавзу: Elektr mashinalarni ishlab chiqarish jarayonlari to’g’risida ma’lumot. Elektromexanik energiya o‘zgartirish


Elektr mashinalari ishlash prinsipi asosida yotuvchi tabiat qonunlari, qoidalari va hodisalari



Yüklə 351,02 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü351,02 Kb.
#149559
1   2   3   4
Elektromexanik energiya o‘zgartirish

2. Elektr mashinalari ishlash prinsipi asosida yotuvchi tabiat qonunlari, qoidalari va hodisalari

«Elektr mashinalari» fanini o‘rganish «Elektrotexnika naza­riy asoslari» fanida keltirilgan elektr va magnit hodisa­lari­ning fizik talqinlarini bilishga asoslangan. Shunga qara­may, «Elektr mashinalari» fanini o‘rganishga kirishdan avval, elektr mashinalari ishlash prinsipi asoslangan ba’zi qonun va qoida­larni, birinchi galda, elektromagnit induksiyasi qonunini fizik talqinini yodga olamiz.


Elektromagnit induksiyasi qonuni. Elektr mashinasi generator rejimida ishlash jarayonida mexanik energiyaning elektr energiyaga aylanadi. Bu jarayon elektromagnit induk­siyasi qonuni asosida tushuntiriladi: agar magnit maydonida joylashgan o‘tkazgichga F kuch ta’sir etib (K.1-rasm,a), uni, masalan, chapdan o‘ngga magnit maydon induksiya vektori V ga perpendikulyar xarakatlantirilsa, u holda o‘tkazgichda EYUK induktivlanadi


, (K.1)

bunda, V – magnit maydon induksiyasi, Tl; l – o‘tkazgichning aktiv uzunligi, ya’ni magnit maydonda joylashgan uzunligi, m; v – o‘tkazgich xarakatining tezligi, m/s.


«O‘ng qo‘l» va «chap qo‘l» qoidalari. Yuqoridagi o‘tkazgich­da induktivlangan EYUKning yo‘nalishini aniqlash uchun «o‘ng qo‘l» qoidasidan foydalanamiz (K.2-rasm,a). Bu qoidaga ko‘ra o‘tkazgich EYUKning yo‘nalishi biz tomondan ekaligini aniqlaymiz. Agar o‘tkazgich klemmalari tashqi rezistor R (iste’molchi)ga ulanib, berk kontur hosil qilsa, u holda EYUK ta’sirida o‘tkazgichda shu yo‘nalishda tok oqa boshlaydi. Shunday qilib, magnit maydonidagi o‘tkazgichni elementar generator deb qarash mumkin ekan.
Tok I ning magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasida o‘tkazgichga ta’sir etayotgan elektromagnit kuch hosil bo‘ladi
FEM = Blv . (K.2)
Bu FEM kuchning yo‘nalishini «chap qo‘l» qoidasi (K.2-rasm,b) yordamida aniqlash mumkin. Ko‘rilayotgan holatda bu kuch chapdan o‘ngga yo‘nalgandir, ya’ni o‘tkazgich xarakati fo‘nalishiga qarama-qarshidir. Shunday qilib, ko‘rilayotgan elementar generatorda FEM kuch xarakatlantiruvchi F kuchga nisbatan tormozlovchi bo‘ladi.


Yüklə 351,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə