1-topshiriq. Iqtisodiy siyosatning tipologiyasi va konsepsiyasi



Yüklə 27,02 Kb.
səhifə5/6
tarix01.06.2023
ölçüsü27,02 Kb.
#114974
1   2   3   4   5   6
3-topshiriq

Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf
qilishga yo`naltirilgan siyosatdir.
Respublikada bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy siyosat aholini
ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik
yo`nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo`nalishlar I.A. Karimovning “O`zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” kitobida to`liq bayon qilib berilgan.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish
– bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi
munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib
borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib,
daromadlar nisbatini o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg`arma
banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o`zida
qayta ko`rib chiqish yo`li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini
o`zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta'rif setkasi katta ahamiyatga ega
bo`ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif
koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o`zaro bog`lash
imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi - ichki iste'mol bozorini
himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari
iste'molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi. Bunga erishishda muhimi
mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj
to`lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me'yorlangan tarzda sotishni tashkil
qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo`ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan
oziq-ovqat mahsulotlarini me'yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin
narxlarga o`tish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning
uchinchi yo`nalishi – aholining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash
va qo`llab - quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o`tkazilganligi bo`ldi. Bu
yo`nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, nogironlar,
ko`p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchi yoshlar hamda qayd etilgan
miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib borildi. Yalpi
ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy
qo`llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o`tish – ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich
boshlashini bildiradi.
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga
asoslanib, ijtimoiy ko`maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta'minlash
manbalarini tubdan o`zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq
maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko`zda tutadi. Yordam tizimi
faqat kam ta'minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo`llanilib, shu
maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot
hamda jamg`armalarning mablag`laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar
yordamdan bahramand bo`luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma
nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali etkazib beriladi. Bu tizimda kam
daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam mahalla orqali etkaziladi. Shu
maqsadda mahallalarda byudjet mablag`lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik
tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o`tkazgan mablag`lari hisobidan
maxsus jamg`armalar hosil qilindi.
Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimi mehnatga rag`batlantiradigan omillar
va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo`lishini ham taqozo qiladi.
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo`llabquvvatlash bilan birga, o`z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini
ta'minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga
harakat qiladi.

Yüklə 27,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə