1. Pedagogik fanlarni o'qitishning yordamchi shakllari Kurs ishining asosiy talab va shartlari Tayanch tushunchalar


Kurs ishi himoyasi va uni reyting tizimi asosida baholash



Yüklə 52 Kb.
səhifə4/5
tarix24.04.2023
ölçüsü52 Kb.
#106774
1   2   3   4   5
14-maruza

Kurs ishi himoyasi va uni reyting tizimi asosida baholash
Kurs ishi yozib bo‘lingach, uni belgilangan muddatgacha kafedraga topshiriladi. Taqrizga jo‘natilganligi to‘g‘risida maxsus daftarga qayd etiladi. Taqrizga yuborilgan kundan boshlab kurs ishiga 2 hafta mobaynida taqriz yozilib, tinglovchiga qaytarilishi lozim.
Taqrizlar asosan 3 yo‘nalishda ifodalanishi mumkin:

    1. Kurs ishini talabga javob berishi ta’kidlanadi.

    2. Kurs ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatilib, uni tuzatishga uslubiy maslahatlar beriladi.

    3. Bajarilgan kurs ishi talabga javob bermasligi qayd etilishi mumkin.

Har uchala holda ham kurs ishlari tinglovchilarga qaytariladi. Taqriz bilan tanishgach: birinchi yo‘nalishdagi taqrizga ega tinglovchilar kurs ishi mazmunini puxta o‘rganib, himoyaga tayyorgarlik ko‘rishda davom etadilar. Ikkinchi yo‘nalishdagilar kamchiliklarni to‘g‘rilab, himoyaga tayyorgarlik ko‘rish payida bo‘ladilar. Uchinchi yo‘nalishdagi taqrizga tinglovchilar esa kurs ishini qayta yozish va uni o‘zlashtirishlari lozim bo‘ladi. Kurs ishlari ikkinchi marta taqriz uchun qabul qilinmaydi.
Kurs ishlari himoyasi fakultet dekanatlari tomonidan belgilangan kunda o‘tkaziladi. Kurs ishlari himoyasi kafedrada tuzilgan maxsus komissiya huzurida (kafedra mudiri- komissiya raisi va a’zolari ikkita professor-o‘qituvchilar) amalga oshiriladi. Himoya jarayonida komissiya a’zolari kurs ishi bilan tanishib, taqrizchining fikrini inobatga olinganlik darajalari bilan qiziqadilar va aynan kurs ishi mavzusi yuzasidan tinglovchiga savollar bilan murojat etadilar. Bunda tinglovchining mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi, fikrlash qobiliyati, nutq madaniyatiga katta e’tibor beriladi.
Taqrizchi kurs ishini himoyaga tavsiya etishi yoki rad etishi mumkin. Kurs ishini faqat komissiya a’zolarigina baholash huquqiga egadirlar. Kurs ishlari «reyting» balli tizimda baholanadi. Kurs ishi natijalari reyting daftarchasining maxsus ajratilgan joyiga qayd etiladi va komissiya a’zolarining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kurs ishi mazmunini tinglovchining mustaqil fikrlari sezilib turgan, ifodalari aniq va ravon bo‘lgan, nazarda tutilgan masalalar batafsil yoritilgan, bezakli jihozlarga boy kurs ishlari e’tiborga loyiq, hamda namunali ish hisoblanadi. Masalan, umumiy ko‘rinishlari bejirim va toza saqlangan kurs ishi yuqori bahoga sazovor bo‘ladi.
Kurs ishlarini belgilangan muddatgacha taqrizga topshirmagan, hamda tinglovchining o‘z mehnati natijasi hisoblanmagan kurs ishlari baholanmaydi.

Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə