1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda


Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish



Yüklə 91,46 Kb.
səhifə14/14
tarix11.12.2023
ölçüsü91,46 Kb.
#145032
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari

22.Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish.

REJA:


1.Dastlabki ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot.

2.Kirish va asosiy qism haqida.

3.Xulosalar.

4.Havola, sitata va abzats.


5.Topshiriqlar.

1.Dastlabki ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot.


Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli mehnat. Olim bo‘lishni havas qiluvchi yoshlar ko‘p bo‘ladi, shular orasida o‘z umrini ilm yo‘liga bag‘ishlaganlari ham uchraydi. Olim bo‘lishni orzu qilgan kishida ma’lum imkoniyatlar va bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lshni lozim.


1. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun birlamchi shart chuqur bilim sohibi bo‘lish. Bilim odatda o‘qish-o‘rganish orqali egallanadi. Talaba o‘rta maktabda olgan bilimini oliy maktabda o‘zi tanlagan fanlar bo‘yicha chuqurlashtiradi. Yosh tadqiqotchining bilim poydevorini oliy o‘quv yurtida umumta’lim predmetlari bo‘yicha, maxsus kurslarda o‘zlashtirgan bilimlari tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ana shu bilim poydevorini o‘z mustaqil mehnati, o‘qib-o‘rganishi bilan boyitadi. Buning uchun o‘zi tanlagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni chuhur o‘rganishi zarur.
Bilim har bir yosh tadqiqotchida bor, lekin bu bilimning miqyosi, chuqurlik darajasi har xil bo‘ladi. Bakalavrlik bosqichi talabasining bilimidan magistrlik bosqichi talabasining bilimi farq qiladi, chunki magistrlik bosqichida o‘qitiladigan fanlar o‘z ilmiyligi bilan, hodisalarni chuqur tahlil qilishga qaratilganiligi bilan ajralib turadi. Bu bosqichda endi darslik, o‘quv qo‘llanmalarida bayon qilingan ma’lumotlar yetarli bo‘lmay qoladi. Magistrant o‘zi tanlagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni mustaqil mutolaa qilib, o‘z bilim saviyasini kengaytirishi va chuqurlashtirishi zarur, ayniqsa magistrlik dissertatsiyasi sifatida tanlangan mavzuning adabiyotini har tomonlama sinchiklab o‘rganishi shart.


2. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur shartlardan biri —mehnatsevarlik. Ilm qunt bilan uzluksiz mehnat qilishni talab qiladi. Ilmiy tadqiqot kishining ko‘p vaqtini egallab qo‘yadi, boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga vaqt oz qoladi. Ilm fidoyisigina bunga ko‘nikadi, havoyi kishi ilm dargohidan tezda surilib chiqib ketadi.
Muntazam ravishda astoydil qilingan mehnat albatta samarali yakunlanadi.
Yosh tadqiqotchi o‘zida mehnat intizomini tarbiyalashi va mehnat intizomiga qat‘iy rioya qilishi lozim. Ilmiy faoliyat bilan shu‘gullanish kundalik zaruriyatga aylanishi darkor. Asli haqiqiy shoir she’r yozmasdan tura olmaganidek, haqiqiy olim ham ilmiy ijod bilan shug‘ullanmasdan tura olmaydi.
Tadqiqotchi har kungi vaqtini reja bilan, o‘rinli sarflashga o‘rganishi lozim. Kun tartibi tuzib, har bir ishga zarur darajada vaqt ajratishi, bunda ilmiy ish bilan shug‘ullanish uchun har kuni albatta maxsus vaqt sarflash kerak. Agar ana shunday kun tartibiga muntazam amal qilib borilsa, qilingan mehnat samarali bo‘ladi.
Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini kitobxonga tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy punktlarning yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda, kirish ham, xulosa ham, asosiy qismdan so‘ng yoziladi.
Yüklə 91,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə