1. Odam bolasi o’zining qaysi qobiliyati bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?



Yüklə 20,13 Kb.
tarix28.01.2022
ölçüsü20,13 Kb.
#83207
100 ta test


1. Odam bolasi o’zining qaysi qobiliyati bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?

A) imo-ishora qilish B) fikrlay olish

C) so’zlashish D) anglash

2.…insоnning оrzu-хаyoli, umid vа аrmоnlаrini bаdiiy so‘z yordаmidа ifоdа etishi.

Nuqtalar o’rnidagi to’g’ri so’zni toping.

A) she’riyat B) adabiyotshunoslik

C) adabiyot D) badiiy so’z

3. Adabiyotning asosiy quroli nima?

A) she’r B) badiiylik

C) gap D) badiiy so‘z

4. Quyidagi misralar Muhammad Yusufning qaysi she’ridan olingan?

Shodon kunim gul otgan sen,

Chechak otgan izimga.

Nolon kunim yupatgan sen,

Yuzing bosib yuzimga.

A) «Lolaqizg‘aldoq» she’ridan

B) «O‘zbekiston» she’ridan

C) «Iltijo» she’ridan

D) «Vatanim» she’ridan

5. Vatanning singilga qiyoslanishi kimning qaysi she’rida uchraydi?

A) Muhammad Yusuf «O‘zbekiston»

B) Abdulla Oripov «Iltijo»

C) Azim Suyun «O‘zbekiston»

D) Muhammad Yusuf «Vatanim»

6. Poytaxtimiz Toshkentning markazida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy haykali

o‘rnatilgan. Uni o‘rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning qaysi misralari

bitilgan?

A) Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,

Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.

B) Odamiy ersang, demagil odami

Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

C) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,

Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish.

D) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,

Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.

7. Badiiy adabiyotning yozma shakli nechta adabiy turga bo‘linadi?

A) 2 ta: nasr, nazm

B) 3 ta: nasr, nazm (she’riyat), dramaturgiya

C) 4 ta: nasr, nazm, she’riyat, dramaturgiya

D) 4 ta: nasr, nazm, dramaturgiya, maxsus tur

8. Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar adabiyotning qaysi

turini hosil qiladi?

A) she’riyat B) nasr

C) dramaturgiya D) maxsus tur

9. Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib so‘z san’atining qaysi

turini tashkil qiladi?

A) she’riyat B) dramaturgiya

C) maxsus tur D) nasr

10. Kichik sahna asari bo‘lmish intermediyalardan tortib yirik drama, komediya,

tragediya singari sahna asarlari mansub bo‘lgan adabiy tur qaysi?

A) she’riyat B) nasr

C) maxsus tur D) dramaturgiya

11. Qaysi adabiy turga mansub asarlar muallif ixtiyoriga ko‘ra she’riy yo‘l bilan ham,

nasriy yo‘l bilan ham yozilishi mumkin?

A) she’riyatga mansub asarlar

B) nasrga mansub asarlar

C) dramaturgiyaga mansub asarlar

D) to‘g‘ri javob yo‘q

12.Barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo‘lib qolaveradigan, haqiqiy adabiyot

namunasi bo‘lgan «Odisseya» asari muallifi kim?

A) Shekspir B) Aristotel

C) Gyote D) Homer

13. Mashhur «Odisseya» asari qaysi xalqning dostoni hisoblanadi?

A) yunon B) rus C) lotin D) fransuz

14. Nasrda ijod qiluvchilar qanday nomlanadi?

A) nosirlar B) adabiyotshunoslar

C) shoirlar D) olimlar

15.Ballada va roman qanday shaklda yoziladi?

A) Ballada va roman she’riy va nasriy shaklda yoziladi.

B) Ballada nasriy shaklda, roman esa she’riy shaklda yoziladi.

C) Ballada she’riy shaklda, roman esa nasriy shaklda yoziladi.

D) Ballada she’riy shaklda, roman esa she’riy va nasriy shaklda yoziladi.

16. Nasriy asarlarni toping.

A) ertak, hikoya, ocherk, ballada, roman

B) drama, hikoya, ocherk, roman

C) ertak, hikoya, ocherk, qissa, roman

D) roman, hikoya, ocherk, qissa, doston

17. Nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying. «Nemis shoiri ... asarlarini o‘zbeklar

qanchalik qiziqish bilan mutolaa qilsalar, Boburning «Boburnoma» kitobini

nemislar shunchalik diqqat bilan o‘rganadilar».

A) Shekspir B) Gyote

C) Balzak D) Gitler

18. Dramatik asarlar qanday yo`l bilan yaratilishi mumkin?

A) yo nasriy, yo she’riy B) faqat she’riy

C) faqat nasriy D) nazmiy

19. Aka-uka Grimmlarning ismlari to’gri berilgan qatorni belgilang.

A) Yakov va Gans B) Gans va Vilgelm

C) Yakov va Vilgelm D) Yakov va Geynrix

20. Grimmlar qaysi universitetda o’qib yurgan chog’laridayoq o’rta asr olmon tarixi

va madaniyati, xalq og’zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan jiddiy

shug’ullanganlar?

A) Berlin B) Gettingen

C) Magdeburg D) Frayburg

21.Grimmlar qaysi universitetlarning professorlari bo’lishdi?

A) Berlin va Gettingen

B) Gettingen va Frayburg

C) Berlin va Magdeburg

D) Gettingen va Magdeburg

22. 1812–1822-yillarda aka-uka Grimmlar yozgan uch jildlik kitob qaysi?

A) “Bolalar va oilaviy ertaklar”

B) “Bremen musiqachilari”

C) “Botir tikuvchi”

D) “Uch o’rtoq sarguzashtlari”

23. Aka- uka Grimmlar qalamiga mansub ertaklarni belgilang.

1) “Botir tikuvchi”; 2) “Qutbdagi gunafsha”;

3) “Yosh pahlavon”; 4) “Bremen musiqachilari”

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4

24. “Bolalar va oilaviy ertaklar” nomli kitoblarida nechta ertak jamlangan?

A) yuzdan ortiq B) ikki yuzdan ortiq

C) uch yuzdan ortiq D) to’rt yuzdan ortiq

25. “Bolalar va oilaviy ertaklar” nomli kitoblarida qanday mavzulardagi ertaklarni

umumlashtirganlar?

A) afsonaviy, maishiy, hayvonlar haqidagi

B) hajviy, maishiy, hayvonlar haqidagi

C) afsonaviy, hajviy, hayvonlar haqidagi

D) afsonaviy, maishiy, hajviy

26. Qaysi ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘kish eshitadigan

va eng qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining

halol mehnati, yoqimli so‘z va odoblari bilan baxtiyor bo‘ladilar?

A) “Qor qizi”, “Yosh pahlavon”

B) “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”

C) “Qor qizi”, “Zolushka”

D) “Zolushka”, “Bremen musiqachilari”

27. Aka-uka Grimmlarning “Botir tikuvchi” ertagidagi tikuvchining ismi nima edi?

A) Geynrix B) Yakov

C) Vilgelm D) Gans

28.Aka-uka Grimmlarning “Botir tikuvchi” ertagi tikuvchining nima sotib olishi

bilan boshlanadi?

A) asal B) olxo’ri murabbosi

C) qaymoq D) o’rik murabbosi

29.Aka-uka Grimmlarning “Botir tikuvchi” ertagida tikuvchi kimning xizmatiga

kiradi?

A) ulkan odamning B) qirolning

C) savdogarning D) dehqonning

30.Aka-uka Grimmlarning “Botir tikuvchi” ertagida tikuvchi changalzor o’rmonda

yashovchi ikki qaroqchini tutib kelishga podshoh nechta suvoriy qo’shib beradi?

A) qirqta B) ellikta C) yuzta D) ikki yuzta

31.Aka-uka Grimmlarning “Botir tikuvchi” ertagida nechta ulkan odam Gansdan

qo’rqib qochib ketishadi?

A) ikkita B) beshta C) oltita D) yettita

32.Grimmlar ertklarning ko’pchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab,

ba’zilarini esa kimlar bilan suhbatlashib yozib olardilar?

A) dehqonlar B) chorvadorlar

C) hunarmandlar D) bolalar

33.Grimmlarning “Bolalar va oilaviy ertaklar” nomli kitoblari necha jildlik?

A) 2 B) 3 C) 4 D)5

34. Anvar Obidjon qayerda tavallud topgan?

A) Farg’ona viloyati, Katta Tagob qishlog’ida

B) Farg’ona viloyati, Oltiariq tumani, Poloson qishlog’ida

C) Qo’qon shahri, Asht mahallasida

D) Qo’qon shahri, Polosoon qishlog’ida

35. Anvar Obidjon qishloq maktabida o’qib yurganidayoq qaysi kasblarni o’rganib,

oilasiga yordam berishga harakat qilgan?

A) kutubxonachi, kinomexanik

B) kinomexanik, traktorchi

C) traktorchi, kutubxonachi

D) traktorchi, haydovchi

36. Anvar Obidjon maktabni bitirgach qayerlarda ishlaydi?

A) konda burg’ilovchi

B) qishloqda kutubxonachi

C) traktorchilar brigadasida hisobchi

D) A va B

37. Anvar Obidjonning ilk kitobi necha yoshligida chop etiladi?

A) 22 B) 25 D) 27 D) 29

38. Anvar Obidjonning ilk kitobi qanday nom bilan chop etiladi?

A) “Onajon” B) “Ona yer”

C) “Onaginam” D) “Ona makon”

39. Anvar Obinjonning umri davomida nechta kitobi nashr etildi?

A) 60 dan ortiq B) 40 dan ortiq

C) 50 dan ortiq D) 30 dan ortiq

40. "Balodan asray deb tumor bo‘laman,

Noming ulug‘lovchi shior bo‘laman.

Uxlab uyg‘onguncha xumor bo‘laman, ........." Shoirning ushbu she'rida yuqorida

berilgan nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z qo‘yiladi?

A) O‘zbekiston

B) Vatanjon

C) Shoira

D) Ey do‘stim

41. "Tun pardasi ochilar asta,

Chiqib kelar sahnaga quyosh.

Kelinchakdek bo‘lib orasta,

Gul salomdan ko‘taradi bosh". Ushbu misralar shoirning qaysi she'ridan olingan?

A) "Qushcha"

B) "Hayotning har lahzasi go‘zal"

C) "Hayot"

D) "Charog‘bon"

42. "Dunyo keng, do‘stim, sen torlanma,

Shashtiga mos tushmay xorlanma,

Bir zum tin bergil deb zorlanma,

O‘zi tin olmagan olam bu". Ushbu misralar Anvar Obidjonning qaysi she'ridan

olingan?

A) "Yer"

B) "Hayotning har lahzasi go‘zal"

C) "Tinch kunlar"

D) "Vatanjon"

43. Anvar Obidjonning bolalarga atalgan ilk komediyasi qaysi?

A) "O‘q o‘tmas bolakay"

B) "Dahshatli Meshpolvon"

C) "Masxaraboz bola"

D) "Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi"

44. "O‘zbekfilm" kinostudiyasida adib ssenariylari asosida qaysi filmlar suratga olingan?

A) "Oltiariq hangomalari", "Baloga qolgan futbolchi"

B) "Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi", "Pahlavonning o‘g‘irlanishi"

C) "Tilsimoy - g‘aroyib qizaloq", "Dahshatli Meshpolvon"

D) "Ajinasi bor yo‘llar", "Topsang - hay-hay

45. "Bizlar quraverdik, buzaverdi yov.

Qo‘rg‘on-u, uyimiz, ko‘shk-u qasrni

Sha'nimizni depsib ezaverdi yov,

Ko‘rmadik suronsiz biror asrni". Ushbu misralar shoirning qaysi she'ridan olingan?

A) "Vatanjon" B) "Bahs"

C) "Tinch kunlar" D) "Yer"

46. "Dunyo keng, do‘stim, sen torlanma,

Shashtiga mos tushmay xorlanma,

Bir zum tin bergil deb zorlanma,

O‘zi tin olmagan olam bu". Ushbu misralar Anvar Obidjonning qaysi she'ridan

olingan?

A) "Vatanjon"

B) "Tinch kunlar"

C) "Hayotning har lahzasi go‘zal"

D) "Yer"


47. Qaysi shoir Vatan suratini farzandiga mehri cheksiz ona siymosida chizadi?

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov

C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon

48. Dunyo tаshvishlаri kimni «nоlоn» hоlgа sоlgаnidа – qаlbini tirnаgаnidа Vаtаn

yuzlаrini uning yuzigа bоsаdi, yupаnch bеrаdi

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov

C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon

49. Boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan aarni belgilang.

A) Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari

B) Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asari

C) Gulxaniny “Zarbulmasal” asari

D) Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asari

50. Otа-bоbоlаrimizning uzоq yillаr dаvоmidа ko‘rgаn-kеchirgаnlаri, tаjribаlаri

аsоsidа yuzaga kеlgаn хulоsаlаridir deb nima aytiladi?

A) adabiyot B) xalq оg‘zаki ijоdi

C) hadislar D) maqollar

51. … da mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo’lad.

A) masal B) maqol C) topishmoq D) hadis

52. Quyidagi maqol nima haqida?

Oltovlon ola bo‘lsa,

Og‘zidagin oldirar.

To‘rtovlon tugal bo‘lsa,

Tepadagini endirar.

A) do‘stlik, birodarlik

B) qadrdonlik, mehr-oqibatlilik

C) do‘stlik, birdamlik

D) birlik, o‘zaro ittifoq

53. Nimani “otalar so’zi” deb ham atashadi?

A) masalni B) hadisni

C) maqolni D) xalq og’zaki ijodini

54. Xalqimizda so’z ko’rki deb nimani aytishadi?

A) masalni B) hadisni

C) maqolni D) xalq og’zaki ijodini

55. Doston yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aql-farosatini nima orqali

sinaydilar?

A) muammo B) topshiriq

C) topishmoq D) maqol

56. Nima inson nutqini bezaydi?

A) masal B) hadis

C) maqol D) tez aytish

57. Navoiyning hayot va ijod yo'llarini keng aks ettiruvchi "Alisher Navoiy va

Darvishali", "Badarg'a", "Navoiyning xislatlari", "Ulug'bek va Navoiy" singari

qissa va hikoyalar yozgan adib?

A) Oybek B) Mirtemir

C) Mirkarim Osim D) Odil Yoqubov

58. “Hammabop ommaviy janr”ni belgilang.

A) latifa B) topishmoq

C) maqol D) tez aytish

59. Maqol topishmoq janri bilan qaysi jihatiga ko‘ra o‘xshashlikka ega?

A) xulosa tugal, ifoda ravon bo‘lib kelishiga ko‘ra

B) qofiyaga egaligi bilan

C) ibratli fikr aytilishiga ko‘ra

D) ifoda lo‘nda bo‘lishi bilan

60. Topishmoqlar qaysi xususiyatiga ko‘ra bir va bir necha predmetli topishmoqlarga

bo‘linadi?

A) savoldagi o‘xshatilgan predmedlar soniga ko‘ra

B) ularning javobiga ko‘ra

C) tuzilishiga ko‘ra

D) mazmuniy boyligiga ko‘ra

61. …dan insonning turli vaziyatlarda o’zinini qanday tutishi lozimligi haqidagi

maslahatlarni anglash mumkin?

A) Navoiy asarlaridan

B) Sheroziy hikoyalaridan

C) Ezop masallaridan

D) xalq og’zaki ijodi namunalaridan

62. “Kambagalman desang, kochib boq” degan maqol quyidagi qaysi asarda

uchraydi?

A) “Zulmat ichra nur”

B) “Bolaning ko’ngli poshsho”

C) “Fanorchi ota”

D) “Oygul bilan Baxtiyor”

63. … mumtoz adabiyotning kichik lirik janri bo’lib, savol-javob shaklida paydo

bo’lgan.

A) topishmoq B) muammo

C) tarjeband D) chiston

64. Sahoba Ammor naql qilib aytganlar: Uchta hislatni o'zida mujassam qilgan

kishining iymoni mukammal bo'lgaydir. Bular?

1) insofli va adolatli bo'lmoq; 2) tanigan va tanimaganga salom ber-moqlik

3) barchaga salom bermoq; 4) ochlarga taom bermoq;

5) kambag'allikda ham sadaqa berib turmoq.

A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) l, 2, 4 D) l, 3, 5

65. Payg'ambarimiz (s.a.v.) hadisiga ko'ra, kimning rizqi ulug', umri uzun bo'ladi?

Hadis rivoyatchisi kim?

A) yetimlarning boshini silagan kishining, Abu Hurayra

B) miskinlarga ko'p sadaqa bergan kishining, Yosir ibni Ammor

C) insofli va adolatli bo'lgan kishining, Abdulloh ibn Amr

D) qarindosh urug'lariga mehr-oqibatli bo'lgan kishining, Anas ibn Molik

66. Zamondoshlari kimning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul

kirmaganligi haqida yozadilar?

A) Imom Buxoriy B) Ibrohim Buxoriy

C) Ismoil Buxoriy D) Ahmad al-Buxoriy

67. Imom Buxoriy “mingdan ortiq ishonchli ulamodan hadis yozib olgan”ligini kim

aytadi?

A) Ismoil Buxoriy B) muhaddislar

C) o’zi D) to’g’ri jabob yo’q

68. Qo'shni Qozog'istonning Qoratog' etaklarida – Turkiston shahrining Iqon

qishlog'ida tug'ilgan adib?

A) Turob To'la B) Odil Yoqubov

C) Mirtemir D) Mirmuhsin

69. "Avval bobosi qo'lida va eski maktabda tahsil olgan. So'ng Toshkentga kelib,

"Almaiy" nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko'radi". Gap qaysi

adib haqida ketmoqda?

A) Mirmuhsin B) Oybek

C) Mirtemir D) Odil Yoqubov

70. "Qoraqalpoq daftari" to'plamining muallifi kim?

A) Asqad Muxtor B) Mirtemir

C) Ibroyim Yusupov D) Muhammad Yusuf

71. Umrining 20 yilidan ko'prog'i sayohatda o'tgan shoir kim?

A) Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

B) Zokirjon Xolmuhammad o'gli Furqat

C) Shayx Muslihiddin Sa'diy Sheroziy

D) Ubaydullo Solih o'gli Zavqiy

72. Fransuz Volter, nemis Gyote o'z asarlarida kimning she'rlariga murojaat qiladilar?

A) Hofiz She'roziy B) Sa'diy She'roziy

C) Alisher Navoiy D) Erkin Vohidov

73. Rus shoiri Yesenin she'rlarini, nemis shoiri Gyotening "Faust"asarini tarjima

qilgan adib kim?

A) A.Oripov B) E.Vohidov

C) Mirtemir D) Asqad Muxtor

74. Kimning e'tiroficha, "har bir millatning saodati, davlatning tinchligi va rohati

yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir?"

A) Sa'diy Sheroziy B) Alisher Navoiy

C) Abdulla Avloniy D) Cho'lpon

75. "Yosh shoir she'rlaridagi hech kimnikiga o'xshamagan dard va ohanglar,

kutiLmagan o'xshatish – manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini

o'ziga qaratib oladi. Unga o'z davrining eng mash-hur adiblari, masalan, Abdulla

Qahhor e'tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi". Gap kim

haqida ketmoqda?

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov

C) O'tkir Hoshimov D) Mirtemir

76. Bo’zchi oilasida tug’ilib voyaga yetgan o’zbek adibini aniqlang?

A) Usmon Nosir B) Abdulla Qahhor

C) Mirmuhsin D) Oybek

77. “Bizning qishloq tog’ bag’rida

Tog’ bag’rida – bog’ bag’rida” degan shoir kim?

A) Mirtemir B) Asqad Muxtor

C) Usmon Nosir D) Oybek

78. Biz beparvo oshiqlarmiz, yirtiq chopon, ot nafas, Jahon gami sening g`amingga

arzimas. Ushbu bayt muallifini belgilang

A) Ali Yazdiy B) Qosim Anvor

C) Alisher Navoiy D) Sa’diy Sheroziy

79. Qaysi asarda xufton bo’lmasdan onalarining quchog’ida uxlab qoladigan bolalar

tasvirlanadi?

A) “Bolaning ko’ngli poshsho”

B) “Fanorchi ota”

C) “Zulmat ichra nur”

D) “Hellados”

80. Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutingiz!

Jam'iyatingiz borini davlat tutingiz!

Chun gardishi charx bu durur, Tangri uchun,

Bir-biri nеcha kun g’animat tutungiz!

Ushbu shе'r janrini va muallifini aniqlang?

A) A. Navoiy, qit'a B) Z. M. Bobur tuyuq

C) Z. M. Bobur, ruboiy D) A. Navoiy, fard

81. “Bolalaligimda ko’p kasal bo’lar edim: qizamiq, ko’kyo’tal, bezgak…” qaysi

ijodkor hayotiga tegishli?

A) Mirtemir B) O’tkir Hoshimov

C) Asqad Muxtor D) Erkin Vohidov

A) “Hellados” B) “Fanorchi ota”

D) “Botir tikuvchi” D) “Zulmat ichra nur”

82. “Har bir millatning saodati, davlatining tinch va rohati yoshlarning yaxshi

tarbiyasiga bog’liqdir”. Ushbu so’zlar muallifini aniqlang?

A) Alisher Navoiy B) Abdulla Oripov

C) Mirtemir D) Abdulla Avloniy

83. “Oltin devor” va “Istanbul fojiasi” asarlarining muallifi va janrini belgilang.

A) O’tkir Hoshimov, drama

B) Erkin Vohidov, drama

C) Asqad Muxtor, drama

D) Erkin Vohidov, doston

84. “Yurak qoni bilan bitilgan” asar qaysi?

A) “O‘zbekiston” (A.Oripov)

B) “O‘zbekiston” (H.Olimjon)

C) “Nido” (E.Vohidov)

D) “O‘zbegim” (E.Vohidov)

85. Oralarida bir-biriga shunchalik muhabbat paydo bo‘ldiki, bunga osmonning o‘zi

ham hasad qilardi.

Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun”

C) “Sher bila durroj” D) “Zarbulmasal”

86. “Didi va zavqi baland” shoir deya kim ta’riflangan”

A) Navoiy B) Bobur

C) A.Obidjon D) A.Oripov



Yüklə 20,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə