1. Мавзу: Кириш. Kursning maqsadi, vazifasi, ahamiyati. Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi, u xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida



Yüklə 13,9 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü13,9 Kb.
#104879
1-МАВЗУ


1.Мавзу:Кириш. Kursning maqsadi, vazifasi, ahamiyati.
«Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi,
u xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida
saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi.
SHuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy meros
ni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlod
larga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim
ustuvor yo‘nalishlardan biridir»
Mirziyoev SH.M. «Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’
iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz".
I-jild. T.,2017.B.29.
Vatanimiz xududi nafaqat O‘rta Osiyo miqyosida, balki butun Sharq dunyosida qadimiy, ko‘hna madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Xalqimiz o‘tmish tarixi, boy madaniy merosi borasida qimmatli manbalar beruvchi tarixiy, madaniy yodgorliklarga boy o‘lka sanaladi. Bu tarixiy, madaniy yodgorliklarning tadqiqotlari natijalari esa ajdodlarimizning jaxon xalqlari svilizatsiyasiga qo‘shgan munosib xissasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng tarixiy, madaniy yodgorliklarni yanada batafsilroq o‘rganish imkoniyati bo‘ldi.Xususan, muxtaram Prezidentimiz Islom Karimov xalqimizning asl haqqoniy tarixini yaratish va shu tarix bilan xalqimizni tanishtirish masalasiga alohida e’tibor berdi. Bu e’tibor Prezidentimizning Respublikamiz taniqli tarixchi olimlari bilan bo‘lgan o‘z uchrashuvida (1998 yil) bo‘lib, xaqqoniy tarix yaratilishida manbalar ahamiyati alohida ta’kidlangan edi. Prezidentimiz Islom Karimovning « Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asari (1998) biz tarixchi olimlarga xaqiqiy dastur omul bo‘ldi.SHu nuqtaiy nazardan bizning «Jaxon madaniyati tizimida O‘zbekiston arxeologiyasi yutuqlari» fanimizning dolzarbligi belgilanadi.
Kursimiz mazmuni jaxon xalqlari sivilizatsiyasi va uning dastlabki o‘choqlari, O‘rta Osiyoning arxeologik jixatdan o‘rganilishi tarixi, O‘rta Osiyoning odamzod tomonidan o‘zashtirilishi masalasi, ibtidoiy davr jamoalari moddiy madaniyati, shaxarsozlik madaniyati va davlatchilik tarixi, ilk o‘rta asr arxeologiyasi masalalarini o‘rganishda O‘zbekiston arxeologiyasi fani qo‘lga kiritgan yutuqlarini bayon etishdan iborat. Ayniqsa, Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng arxeologik tadqiqotlar ko‘lami kengaydi. YOdgorliklar tadqiqotida jahonning etuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi. Tadqiqotlarda eng zamonaviy tadqiqot metodikasi qo‘llanildi. Xususan, Afrosiyob, Ko‘ktepa yodgorliklarida O‘zbekiston-Fransiya ekspeditsiyasining tadqiqotlari natijalari jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Jumladan, Ko‘ktepada « sak malikasi» qabrining o‘rganilishi muhim bo‘ldi, Afrosiyobda amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalari esa Samarqand shahrining 2750 yillik tantanalarini o‘tkazish imkonini berdi.
Respublikamiz mustaqilligi yillarida Vatanimiz miqyosida tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda ham jiddiy muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilinib, mazkur jamoalar madaniyati mahalliy madaniyatlar negizida, vorisiylik asosda yuzaga kelganligi borasida qimmatli arxeologik manbalar topilishi ham O‘zbekiston arxeologiyasining qo‘lga kiritgan yutug‘i hisoblanadi.
Xullas, Vatanimiz hududida tarixiy, madaniy yodgorliklarni o‘rganish borasida O‘zbekiston arxeologiyasi fani muhim yutuqlarga erishib, bu tadqiqotlar natijasida to‘plangan ashyoviy dalillar ajdodlarimizni jahon xalqlari madaniyati tizimida tutgan o‘rnini belgilashda muhim manba hisoblanadi.
Yüklə 13,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə