1-mavzu. Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli



Yüklə 93,06 Kb.
səhifə5/26
tarix19.10.2023
ölçüsü93,06 Kb.
#128278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Fals-fayllar.org

6. Dunyoqarashning xarakteri. Odamlar o’ziga xos va sermazmun dunyoqarashga ega bo’ladilar. Bu odamning dunyoqarashida ishonch va shubha, bilim va uydirma, umid va umidsizlik hamda boshqa qarama-qarshi bo’lgan fikr va g’oyalar o’z o’rnini topishi mumkin. Umuman olganda, odam dunyoqarashi mazmunining miqdori va sifatini o’lchab bo’lmaydi. Shunga qaramasdan, odamlarning dunyoqarashi mazmuniniig sifati va xarakterini ularning ijtimoiy va shaxsiy hayoti, odamlarga, mehnatga, boylikka, bilimga, san’atga va hokazolarga bo’lgan munosabati orqali bilib olish mumkin. Gap shundaki, odam dunyoqarashining mazmuni uning umumiy sifati va xarakterini belgilaydi. Agarda bir odam dunyoqarashiniig mazmuni olam, tabiat, jamiyat, odam, ong va hokazolar to’g’risidagi teran dunyoviy bilimlarga asoslangan bo’lsa, unda bunday odamning dunyoqarashi ilmiylik xarakterga ega bo’ladi. Bunday dunyoqarashga ega bo’lgan olimlar qatoriga XX asrning eng mashhur fiziklaridan biri bo’lgan Albert Eynshteynni (1879-1955) kiritish mumkin. Ingliz olimi Bertran Rassel (1872- 1970) ham o’zining matematik mantiq va tibbiyot fanlarining falsafiy muammolari bo’yicha olib borgan ilmiy izlanishlari bilan XX asrning eng mashhur olimlaridan biri hisoblanadi.
1. Agarda bir odamning dunyoqarash mazmuni olam, tabiat, jamiyat, odam, ong va hokazolar to’g’risidagi teran dunyoviy bilimlarga asoslangan bo’lsa-da, lekin bu odamning iymoni komil va but bo’lsa, bunday odamnnng dunyoqarashi diniy xarakterga ega bo’ladi. Masalan, Ibn Sino (980-1037) va I.P.Pavlov (1849-1936) kabilarning dunyoqarashi shunday baholanishi mumkin. Shunday olim va mutafakkirlar ham borki, ular falsafa, matematika, fizika va boshqa bilim sohalarida buyuk kashfiyotlar qilganligiga qaramasdan, ularning dunyoqarashi ilmiy-materialistik emas, balki diniy-idealistik yoki idealistik, masalan, I.Kant (1724-1804), Gegel (1770-1831), E.Max (1838-1916), A.Puankare (1854-1612) kabilarning dunyoqarashi shunday xarakterga ega bo’lgan.
2. Yuqorida zikr qilganimizdek, odamlarning dunyoqarashi nihoyatda xilma xil va ziddiyatli bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham ayrim odamlarning dunyoqarash xarakterini belgilovchi omilini aniqlashning o’zi katta muammoga aylanadi. Bizningcha, har qanday dunyoqarash mazmunining asosiy unsurini odam o’z hayotining maqsadi va mohiyatini to’g’ri anglashi tashkil qiladi. Bu nihoyatda murakkab mantiqiy jarayondir. Har bir odam o’z umrining asosiy maqsadini anglashiga, o’zini o’zi (o’zligini) to’g’ri bilib olishi bilan birga, uning shaxsiy va ijtimoiy tizimlar (sinf, millat va h.k.) bilan bog’liq bo’lgan manfaat va ehtiyojlari hamda jamiyatda tutgan o’rni nihoyatda katta ta’sir qiladi.
Shu fikrlardan kelib chiqqan holda dunyoqarash xarakterini gumanistik va jaholatparast (reaktsion) turkumlarga ham bo’lish mumkin.
3. Dunyoqarashi gumanistik xarakterga ega bo’lgan odamlar hayotining asosiy maqsadini o’z xalqi va umuminsoniyatning ozodligi va farovonligi uchun olib boriladigan kurash bilan bog’laydilar. Masalan, Zardo’sht (er.av. VII asrda yashagan), Muhammad ibn Abdulloh (570-632), Alisher Navoiy (1441-1501), Moxandas Karamchand Gandi (1869-1949), Ibrohim Mo’minov (1908-1974), I.A.Karimov (1938-2016) va shu kabi buyuk insonlarning dunyoqarashi gumanistik xarakterga ega bo’lgan.
4. Dunyoqarashi jaholatparast xarakterga ega bo’lgan odamlar ayrim millat, sinf va boshqa ijtimoiy birliklar manfaatlaridan kelib chiqib faoliyat kechirsalar-da, ular boshqa millatlarga nisbatan genotsid7 o’tkazadilar. Jamiyatda zo’ravonlik, zulm va boshqa antidemokratik tartiblar o’rnatadilar, odamlarning haq-huquqlari poymol bo’lishiga yo’l qo’yadilar va hokazolar. A.Gitler, I.V.Stalin va boshqa terrorchilarning dunyoqarash xarakteri shunga yaqqol misol bo’la oladi.

Yüklə 93,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə