1. Kirish Magnitorazvetkaning fizik va geologik asoslari Magnitorazvetkaning maqsadi


Magnitorazvedkadaqo‘llaniladigan asboblar



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə6/8
tarix29.11.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#138691
1   2   3   4   5   6   7   8
1hojiake (3)

Magnitorazvedkadaqo‘llaniladigan asboblar.
Magnitometr M-27 – vertikal tashkil etuvchisining nisbiy ortirmasini  ni o‘lchashda ishlatiladi. M-27 magnitometrning sezgir elementi gorizontal elastik (tarang) temir tolasiga (ingichka simga) mahkamlangan doimiy magnitdan iborat. Shu magnitning holati Yer magnit maydoni ta’sirida o‘zgaradi. Doimiy magnitga kichik oynacha mahkamlangan. Sanasi kompensatsiya usuli bilan o‘tkaziladi. Buning uchun asbobda sanash shkalasi bilan mustahkam bog‘langan kompensatsion magnit bor. Asta – sekin kompensatsiya o‘lchov magniti gorizontal holatida turmaguncha kompensatsion magnitni aylantirish natijasida o‘tkaziladi. Kompensatsiya bo‘lgan vaqti magnitdagi oynachadan qaytgan akslanuvchi indeksni qo‘zg‘almas gorizontal indeksi bilan birlashtirish yo‘li bilan optika tizimi ѐrdamida qaydlanadi.  o‘lchov chegarasini kengaytirish uchun ikkinchi, bosqichli kompensatsiyaning diapazonli magniti o‘rnatilgan. Orttirma  Zi=C(ni – n◦) ifoda ѐrdamida hisoblanadi, bu yerda S – shkala bo‘limining narxi; ni , n◦, - i sonli va tayanch nuqtadagi sanoqlar. Asbobni aniq magnit meridiani bo‘ylab joylashtirish kerak emas, chunki kompensatsiya qilgan vaqtida magnitning o‘qi gorizontal holatda joylashadi va Yer magnit maydonining gorizontal tashkil etuvchisi unga ta’sir qilmaydi. Asbob ѐrdamida o‘lchovlarni  3 gacha o‘rta kvadratik xato bilan o‘tkaziladi. Protonli magnitometr – Yer magnit maydonida protonning (vodorod yadrolarining) tebranish chastotasini o‘lchashga asoslangan. Protonli magnitometrning sezgir elementi protonlarga boy (suv, spirt, benzol va boshqalar) bo‘lgan suyuqlikdan iborat. Idishdagi suyuqlik ta’minlovchi g‘altak ichiga joylashtiriladi. Bu g‘altakda kuchli magnit maydon (T◦=100e) qo‘zg‘atiladi. Bu qo‘zg‘atilgan magnit maydonning yo‘nalishi berilgan nuqtada Yer magnit maydonining to‘liq vektoriga (T) perpendikulyar joylashtiriladi. Suyuqlikdagi protonlar (ularni elementar magnitlar deb hisoblasak bo‘ladi) ikki sekund davomida magnitlantiruvchi maydon bo‘ylab joylashadilar. Keyin magnitlantiruvchi maydon tez o‘chiriladi. Protonlar yerning to‘liq vektori T bo‘ylab joylashish harakati natijasida tebranadilar va o‘lchov g‘altagida kuchsiz induksion tok hosil bo‘ladi. Bu tokning chastotasi Yer magnit maydonining kuchlanganligi T kattaligiga proporsional bo‘ladi. Bu chastota Larmor tenglamasi ѐrdamida aniqlanadi:    T , bu yerda γ - protonning giromagnit nisbati, ya’ni uning magnit va mexanik momentlarining nisbati.   26750.8  0.5 e -1 sek-1 (Yanovskiy B.M. bo‘yicha)


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə