1. Kirish. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi va vaziyfalari


Sanitariya mèyorlari va qoidalari



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə8/9
tarix11.12.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#145555
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1- тема

Sanitariya mèyorlari va qoidalari
Mehnat gigienasi ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga tàsirini òrganadi va ularning sanitariya-gigiena holatlarini yaxshilash bòyicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi, bularning hammasi ishchilarning sog̀lig̀ini va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi ishlab chiqarish korxonalari territoriyalarining holatini yaxshi saqlash, sanitariya-obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik qurilmalari (ventilyasiya, isitish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydalanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi zaharlanishlarni hamda kasb kasalliklarining oldini olish, xizmatchilar sog̀lig̀ini muhofaza qilish, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog̀liq bòlgan gigiena chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.
SHaxsiy gigiena tushunchasiga kiradigan masalalar doirasi juda keng. Bu badanni toza tutish, ishlaganda, ovqatlanganda shaxsiy gigienaga rioya qilish, òzi yashaydigan joyni ozoda tutish va boshqalar. SHaxsiy gigiena qoidalarini bajarish faqat individual emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ham molik bo‘ladi. Agar bir odam shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmasa, u òz oilasida va ishlaydigan jamoada yuqumli kasalliklarning tarqatilishiga sababchi bòlishi mumkin.
Sog̀lom ish sharoitlari yaratilishining negizida sanitariya mèyorlari va qoidalari yotadi, eng yuqori yòl qòyiladigan konsentraciya (EYUQ), eng yuqori yòl qòyiladigan miqdor (EYUM), eng yuqori yòl qòyiladigan darajalar (EYUD) ishlab chiqilgan. YUqoridagi mèyoriy darajalarga amal qilish va ularni tàminlash sog̀lom mehnat sharoitlari yaratilishiga kafolat beradi.
Hozir amaldagi «Sanitariya mèyorlari SM 245-71», «Qurilish mèyorlari va qoidalari», «Har xil sharoitlar uchun sanitariya qoidalari», «Xavfsizlik va mehnat gigienasi» bòyicha traktor va qishloq xòjaligi mashinalarining konstruksiyalariga umumiy talablar», «Tàmirlash-texnologik uskunalarga xavfsizlik va ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy talablari», «Ishlab chiqarish korxonalarining uskunalari va xonalarning sanitariya holati bòyicha qòllanma», «Radiatsion xavfsizlik mèyorlari», «Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlim sanitariya mèyorlari» va boshqalar korxonalarni joylashishiga hamda ularning territoriyasini rejalashtirish, ishlab chiqarish maqsadida qurilgan binolarga umumiy talablarni belgilaydi.
YOrdamchi binolar va xonalar uchun sanitariya talablari, sanitariya-himoyalanish doirasini mèyorlaydi, mikroiqlim parametrlari qiymatini, havo muhitini, yoritilganlik darajasini, shovqinni, titrashni, nurlanishni, dam olish va mehnat tartiblarini rejalashtiradi. Kòrsatilgan mèyorlar ishlab chiqarish muhit parametrlarini mumkin bòlgan kòrsatkichlarini tàminlashga asos bòladi.



Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə