1. Iqtisodiyotni modеrnizatsiya qilish kontsеptsiyasi. O’zbekistonda Rеspublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari


Mamlakat iqtisodiyotining modеrnizatsiya va divеrsifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar



Yüklə 38,45 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü38,45 Kb.
#134225
1   2   3   4   5   6
7-mavzu Iqtisodiy islohotlar, xususiy muhlkchilikning shakllani

3. Mamlakat iqtisodiyotining modеrnizatsiya va divеrsifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar.
O’zbekiston iqtisodiyoti «Ozbek modeli»ni tatbiq etish natijasida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining noxush oqibatlariga bardoshli ekanligi bilan ham xalqaro hamjamiyatga tanildi. Inqirozga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf qilishga doir strategiyani qabul qilinishi jahonda juda ham ozchilikni tashkil etgan mamlakatlar qatorida iqtisodiy rivojlanish sur‘atini ta‘minlab berdi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining yillik o’sishi 2008—2013-yillarda 8 foizdan oshdi. Jahon moliyaviy institutlarining baholashicha dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biri sifatida e‘tirof etildi. O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish sur‘atlari rivojlangan mamlakatlarga xos tarzda namoyon bo’la boshladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo’shma majlisida Prezident I .A. Karimovning
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» to’g'risidagi ma‘ruzasida demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishga doir ilgari surilgan dastur va uni amalga oshirish jarayoni bu sohada yangi bosqichni boshlab berdi.
Prezident I.A. Karimov o’z ma‘ruzasida iqtisodiyotni liberallashtirishni mamlakatni modernizatsiyalashning omili sifatidagi ahamiyatiga yuksak baho berib, istiqboldagi vazifalar to’g’risida quyidagi fikmi bildiradi: «...mustaqil taraqqiyotimizning o’tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma‘lum o’zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo’lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko’tarishimiz darkor».
Mustaqillik davrida Fuqarolik, Yer, Soliq va Bojxona kodekslari, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g'risida», «Banklar va bank faoliyati to’g'risida», «Chet el investitsiyalari to’g'risida», «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»gi, islohotlarning keyingi bosqichida esa «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida», «Xususiy korxona to’g’risida», «Valyutani tartibga solish to’g’risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida», «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Ularning barchasi mamlakat iqtisodiyotini yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda mustahkam huquqiy asos bo’lib xizmat qildi.
Konsepsiyada mustaqillikning o’tgan davri ichida bozor islohotlarini liberallashtirish natijalari chuqur tahlil etilib, keyingi islohotlarni chuqurlashtirish davri uchun strategik dasturiy maqsadlar ilgari surildi. Unda har bir tadbirkor davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisi ekanligini o’zida chuqur his qilgan holda o’z biznesiga bexavotir investitsiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko’paytirishi, o’z mulkiga o’zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishiga shart-sharoitlar yaratish maqsadida xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari t10 o’g’risida»gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish taklifi ilgari surildi.
Shu bilan birga, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish maqsadida «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-qoidalari to’g’risida»gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim ahamiyat kasb etishi, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan ruxsat berish tartib-qoidalarining qat‘iy cheklangan ro’yxati va turlarini aniq belgilab qo’yish, qonunda nazarda tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan keskin taqiqlashga doir huquqiy asoslarni shakllantirish vazifasi qo’yildi.
Konsepsiyada mamlakatda o’tgan davrda bozor iqtisodiyoti sohasidagi o’zgarishlarning ishonchli qonunchilik bazasini istiqbolda qo’llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta ko’rib chiqish zarurligi, jumladan, aksiyadorlik kompaniyalari o’zlarining bozor munosabatlariga mos maqomiga muvofiq faoliyat yuritishi uchun «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunni tanqidiy qayta ko’rib, yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish hamda unda korporativ boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini yanada aniq belgilash lozimligi ko’rsatib o’tildi. Mazkur qonundagi aksiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchilar kengashlari, umumiy yig‘ilishlari, taftish komissiyalarining roli va ahamiyatini oshirish, minoritar, ya‘ni qo’lida aksiyasi kam bo’lgan aksiyadorlarning kafolatlarini ko’proq ta‘minlash, barcha aksiyadorlarni va bo’lajak investorlarning aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati to’g‘risida axborot olish imkoniyatlarini kengaytirishni ko’zda tutish maqsadga muvofiqligiga e‘tibor qaratildi.
Shu bilan birga, Prezident I.A.Karimov o’z ma‘ruzasida amaldagi «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi Qonun bugungi kunda eskirganligi va zamon talablariga javob bermay qolganligi, shuni e‘tiborga olgan holda, «Raqobat to’g’risida»gi yangi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligini ta‘kidlab o’tdi. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatni nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga' solishni nazarda tutish lozimligi, shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga qarshi mexanizmlarni, aksiyalarni sotib olish, qo’shish va birlashtirish bitimlarini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo’yicha normalarni ushbu qonunga kiritishni taklif qildi.
Konsepsiyada mamlakatimizda nodavlat sektorning faoliyati va mavqeyini ta‘minlashda asosiy o’rin tutuvchi 1991 -yilda qabul qilingan «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonun, o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti hujjati unga uyg‘unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko’rib chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etayotganligi ta‘kidlab o’tildi. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur‘ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojiantirishga xizmat qiladigan bir qator — «Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to’g‘risida», «Garov reestri to’g‘risida», «Rieltorlik faoliyati to’g‘risida», «Investitsiya va pay fondlari to’g‘risida», «Innovatsiyalar va iqtisodiyotni moder11 nizatsiya qilish to’g’risida»gi va boshqa yangi qonunlarni qabul qilishni hayotning o’zi taqozo etayotganligiga e‘tibor qaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2010- yilning 12-noyabrida ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish‖ konsepsiyasini qabul qilgandan keyin unda taklif etilgan yangi huquqiy asoslarni shakllantirish davri boshlandi. Unda taklif etilgan qonunlarning loyihalari ishlab chiqildi, ularning bir qismi parlament tomonidan qabul qilindi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7aprelda qabul qilgan «O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni Konsepsiyada ilgari surilgan vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonga muvofiq, 2014—2015-yillarda investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag’batlantirish samaradorligini oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. Unda ko’rsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish iqtisodiyotni liberallashtirishning yangi bosqichini boshlab berdi.
Hozirgi davrga kelib mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish islohotlari o’zining ulkan natijalarini bera boshladi. 2013-yil yakunlariga binoan YalM tarkibida sanoatning ulushi 24,2 foizdan ziyodni tashkil etdi. Holbuki, bu ko’rsatkich 2000-yilda 14,2 foizdan iborat edi, xolos. 2011—2013-yillarning o’zida mamlakatda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qariyb ikki barobar oshdi. Faqat 2013-yilning o’zida 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirildi. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobar ko’paydi va import o’rnini bosish bo’yicha yakuniy samara 5 mlrd. 300 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy o’zaklaridan biri bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyoti salohiyatini oshirishdagi roli va o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda va bu jarayon iqtisodiyotning tarkibida bo’layotgan ijobiy o’zgarishlarga kuchli ta‘sir eta boshladi. 2013-yilning o’zida mamlakatda 26 mingdan ziyod kichik biznes subyekti ish boshladi, bu sektorda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi. Hozirgi davrda mamlakat YalMning qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda bu ko’rsatkich 31 foizdan iborat edi. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko’rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo’lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to’g'ri kelmoqda.
Hozirgi davrda jahon bozoridagi konyunkturaning beqarorligiga qaramasdan, mamlakatda 2013-yilda eksport hajmining o’sishi 10,9 foizni tashkil etdi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 1 mlrd. 300 mln. dollarni tashkil etdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish qishloqda ham o’zining ijobiy natijalarini bera boshladi. 2013-yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000-yilga nisbatan 2,3 barobar ko’paydi. Faqat 2013-yilning o’zida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foizga, jumladan, dehqonchilik 12 — 6,4 foizga, chorvachilik - 7,4 foizga o’sdi.
Yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ulushining kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu holat iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o’zgarishlar natijasida industrial mamlakatga xos bo’lgan holat — yalpi ichki mahsulotning hajmida sanoatning ulushini keskin ko’payib borayotganligi natijasida ro’y bermoqda.
2013-yilda Investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatda 13 mlrd. dollar qiymatidagi kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya‘ni 47 foizini xususiy investitsiyalar — korxonalar va aholining shaxsiy mablagiari tashkil etdi. Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi — 70 foizdan ortig'i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish obyektlarini qurishga yo’naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi YalMga nisbatan 23 foizdan iborat bo’ldi.
Ko’rinib turibdiki, mustaqillikning o’tgan davri ichida «O’zbek modeli» asosida bozor iqtisodiyotiga o’tish, bu sohani liberallashtirish o’zini oqladi. Mamlakatda rivojlangan mamlakatlarga xos iqtisodiy munosabatlar va rivojlanish sur‘atlari ro’y bera boshladi. Jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi sharoitida ham mamlakat yalpi ichki mahsulotining bir necha yillar davomida yiliga 8 foizdan o’sib borganligi flkrimizga dalildir. Shu bilan birga, iqtisodiy salohiyatni o’sishi nafaqat ijtimoiy sohani rivojlanishiga ta‘sir qildi, balki jamiyatda yangi ijtimoiy qatlamlarni shakllanishiga shart-sharoitlar yaratdi. Mamlakatda mulkdorlar sinfi shakllandi. Xalqimizda xususiy mulkchilikka nisbatan yangi qarashlar shakllandi. Iqtisodiy rivojlanish natijalari aholi farovonligining manbayi sifatida namoyon bo’la boshladi.

Xulosa.
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga kcladi.
Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bogiiq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy haj- mi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromad lar va xarajatlar oqimini shakllantiradi.
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi subycktlaraing iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o’z rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti — murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, o‘zaro bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalami o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi — bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ulami bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ulami o‘z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlami yaratib berishi kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqti¬sodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
O’tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o‘zgarishlaming qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud bo‘lgan turli kuchlaming kurashi va o'zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yoilarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo‘qolib ketishi, o‘miga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi).
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li - o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan iboratdir.
Iqtisodiy islohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va xo‘jalik faoli¬yati yuritishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ulaming ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat,
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatla¬rini tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashti- rish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur- lashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
O’tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami keng aholi qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining asosiy sharti islo¬hotlaming ijtimoiy yo‘naltirilganligidir.
Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqti¬sodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi.



Yüklə 38,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə