1. Ikkinchi jahon urushi


O’zbek xalqining matonati



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#135937
1   2   3
12-mustaqil ish

3.O’zbek xalqining matonati
Urush davrining musibatlarini oʻz boshidan kechirgan kishilarning xotiralaridan maʼlum boʻlishicha, odamlar oʻsha vaqtda sovet rejimini himoya qilish zaruriyati haqida kam oʻylar edilar. Xalqning aksariyat qismi mustabid tuzumni qoralar edi. Chunki, xalqning xotirasidan hali Turkiston Muxtoriyatinij qonga belanganligi, istiqlolchilik harakatining zoʻravonlik bilan bostirilishi, diniy eʼtiqod uchun taʼqib qilishlar esdan chiqmagandi. Jamoalashtirishning stalincha zoʻravonlik bilan amalga oshirilishi natijasida yuz bergan jinoyatlar xotiradan koʻtarilmagan edi. Mustabid tuzumning ommaviy qatagʻonlaridan qolgan yaralar hali bitmagan edi. Biroq, oʻzbek xalqining fashizmga boʻlgan nafrati mustabid tuzum yetkazgan gʻam-alamni orqa oʻringa surib qoʻydi va u dushmanga qarshi otlandi. Shuningdek, mustabid tuzumning „mafkura mashinasi“ ham benuqson ishladi — u SSSR tarkibidagi barcha mustamlaka xalqlarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qila oldi. Oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtirokining axloqiy-maʼnaviy jihatdan asosi shundaki, bu urushda oʻzbek xalqi fashizmdan faqat SSSRnigina emas, eng avvalo, Oʻzbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bosqinchidan saqlab qolishni maqsad qilib qoʻygan edi.
Sovet-olmon urushi boshlangʻich davrining eng murakkab vazifalaridan biri iqtisodiyotni harbiy izga solish edi. Bu masʼuliyatli vazifani SSSRning qariyb 40 % aholisi istiqomat qiladigan, koʻmirning 63 % qazib olinadigan, poʻlatning 50 % ishlab chiqariladigan, donning 38 % yetishtiriladigan, ayniqsa, koʻpgina mudofaa korxonalari joylashgan hududni fashistlar bosib olgan bir paytda hal qilish kerak edi. Front yaqinidagi hududlardan mamlakat ichkarisiga koʻchirilayotgan aholi, sanoat korxonalari, oʻquv-yurtlari va boshqaning koʻpchiligi Oʻzbekistonga yuborildi. Chunonchi, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga evakuatsiya qilingan 308 sanoat korxonasining 104 tasi („Lentekstilmash“, „Rostselmash“, „Krasniy Aksay“, Moskvadagi „Elektrokabel“ va „Podʼyemnik“, Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi, „Krasniy put“, Kiyev „Transsignal“ zavodlari, Stalingrad kimyo kombinati va b.), 30 dan ortiq harbiy gospital, harbiy artilleriya (toʻpchi) akademiya, bir necha harbiy bilim yurtlari koʻchib keldi.
Rossiya hududidan turli millatga mansub 200 ga yaqin yozuvchi va shoirlar (mas, A. Axmatova, A. Tolstoy, V. Yan, M. Shaginyan va b.) Toshkentga koʻchib kelib, shu yerda ijod qildilar. Rossiya, Ukraina va Belorussiyaning fashistlar bosib olgan hududlaridan 1 milliondan ortiq kishi, jumladan 200 ming bola Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinib, ularga 135 ming kv.m hajmda uy-joy ajratib berildi. Ko‘pgina oʻzbek oilalari ikkita va undan ortiq yetim bolalarni oʻz tarbiyalariga (jumladan, Sh. Shomahmudovlar oilasi — 14, H. Samadovlar oilasi — 12, M. Joʻrayeva va Ashurxoʻjayevlar oilasi 8 tadan bolalarni oʻz tarbiyalariga oldilar. 1943-yil oxiriga kelib shaharlarda 4672 bola, qishloqlarda esa 870 bola oʻzbek oilalari tomonidan tarbiyaga olinib, ularga xaqiqiy insonparvarlik va mehr-shafqat namunasi koʻrsatildi. O’sha davr bilan hozirgi vaqtni solishtirganda odamlar ancha mehribon, urush bo’lishiga qaramasdan, oziq-ovqatlar tanqisligi muammosi bor davrda odamlar yetim boshini silashgan va o’z uyidan to’ridan joy bergan. Uyda bir dona krovat bo’lsa o’shanda asrab olingan bola yotgan, qolganlar yerda yotgan.
Oʻzbekistonga koʻchirib keltirilgan sanoat korxonalari nihoyatda qisqa muddatda ishga tushirildi. 1941-yil dekabrda evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi, 1942-yil 1-yanvarda esa barchasi qayta qurilib toʻla quvvat bilan mahsulot bera boshladi. Bu harbiy korxonalarni ishga tushirishga shaharliklardan tashqari qariyb 500 ming kolxozchi dehqonlar jalb qilindi. Korxonalarni harbiy izga oʻtkazish harbiy kommunistik usulda amalga oshirildi: 1941-yil 26-iyundan boshlab mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy ishlab berish, katta yoshdagilar uchun xaftada 6 kunlik ish joriy etildi, ish vaqti 11 soatgacha uzaytirildi, taʼtilga chiqish bekor qilindi. Idora xizmatchilari, uy bekalari, oʻquvchilar ishlab chiqarishga jalb qilindi. Agar 1940-yilda sanoat ishchilari orasida xotin-qizlar salmogʻi 34 %ni tashkil qilgan boʻlsa, 1942-yilda bu koʻrsatkich 63,5 % ga yetdi. Mehnat intizomini buzganlar uchun jazo choralari keskin qoʻyildi. Korxonalardan oʻzboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 yildan 8 yilgacha muddatga qamoqqa hukm qilindi. 1941-yil dekabrda Oʻzbekiston sanoat korxonalaridan 230 tasi (birgina Toshkentda 63 korxona) harbiy izga ko‘chirilib, front uchun qurol-yarogʻ ishlab chiqarishga kirishdi.
Oʻzbekistonda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoatning oʻsishi va rivojlanishi bilan birga xom ashyo va yoqilgʻi-energetika bazasini kengaytirish vazifasi ham keskin boʻlib turdi. Ayniqsa, rangli metallarga, neft va koʻmirga boʻlgan ehtiyoj kuchaydi. 1942-yilda Langar molibden koni zaminida molibden fabrikasi barpo etildi. Qoʻytosh va Qoratepa rangli metallar konining quvvati keskin oshirildi. Olmaliqda mis va b. rangli metallarning boy konlari topildi. Angren koʻmir koni respublikaning birinchi koʻmir markaziga aylandi. 1942-yil boshlarida l-Oqtepa va Z-Oqqovoq GESlari, shuningdek, Farhod GES umumxalq hashari bilan bunyod etilishi respublikada front ehtiyojlari uchun ishlayotgan sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim rol oʻynadi.
Oʻzbekistonda urush yillarida 280 ta yangi korxona barpo etildi. Respublikaning sanoat potensiali 1945-yilga kelib 1940-yildagiga nisbatan deyarli 2 barobar koʻpaydi, neft qazib olish 4 barobardan ziyod, metall ishlash tarmoqlari mahsulotlari 4,8 barobar, mashinasozlik mahsulotlari 13,4 barobar, koʻmir qazib chiqarish 30 barobardan ko‘proq, poʻlat va prokat eritish 2 barobar, elektr energiyasi ishlab chiqarish 2,42 marta ortdi. Buning natijasida Oʻzbekiston urush yillarida front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 taminomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yoʻq qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 million dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 million dona granata, dala radiostansiyalari uchun 3 million radio lampa, 330 mingga parashut, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom kir yuvish poyezdi, 2200 ta Koʻchma oshxona va koʻpgina harbiy anjomlar yetkazib berish imkoniga ega boʻldi. Respublika yengil sanoat komissarligi korxonalari 1941—1945-yillar mobaynida jangchilar uchun 7518,8 mingta gimnastyorka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi qo‘lga qurol olib jang qilgan oʻzbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263000 dan ziyod kishi halok boʻldi, 132670 kishi bedarak yoʻqoldi, 60452 vatandoshimiz urushdan nogiron boʻlib qaytdi. Shuningdek, un minglab oʻzbekistonlik jangchilar asirlikda boʻldi. Mustabid tuzum ular bilan „ochiqchasiga“ gaplashdi. Demak, frontga safarbar qilinganlarning xar uchtasidan bittasi uyiga qaytmadi. Umuman, SSSR boʻyicha urush davrida fashistlar qoʻlida 6,2 million kishi asirlikda boʻlgan. Urush oxiriga kelib ulardan 4 million kishi halok boʻlgan. Omon qolgan asrlar soni 1 milliondan sal koʻproq edi. Ulardan 60 % dan koʻprogʻi GULAG qamoqxonalariga tashlandi. Aybsiz surgun qilinib, sovet konslagerlariga joʻnatilgan yoki otib tashlanganlar orasida Oʻzbekistonliklar ham oz emasdi. taxminan hisoblarga qaraganda, oʻzbekistonlik harbiy asirlardan 15 mingdan ortigʻi sovet konslagerlariga yuborilgan. Ikkinchi jahon urushidagi bu gʻalaba millionlab begunoh kishilarning, jumladan, Oʻzbekiston xalqining qoni, haddan ziyod mashaqqatli mehnati va uning buyuk insonparvarligi tufayli qoʻlga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 35 jildli Xotira kitobi tayyorlanib, nashr qilindi. Toshkentdagi Mustaqillik maydoni xiyobonida maxsus majmua qurildi (2000). 9-may — kuni yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida har yili nishonlanadigan boʻldi[6]. Buni g’alaba kuni sifatida nishonlash noto’gri bo’ladi. Chunki bu bu urushda juda ko’p qurbon berilgan va qon bilan yutilgan

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:





  1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat.-T.: O`zbekiston, 1994 y.

  2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.-T.: Sharq, 1998 y.

  3. Tojiboyev R. Mustamlakachilar va milliy matbuotimiz ((Jamiyat va Boshqaruv.-1997.-№2.-B.61-62.

  4. O`zbekiston tarixi. Oliy o`quv yurtlarining nomutaxassis fakultetlari talabalri uchun darslik R.Murtazayevaningumuiy tahriri ostida.-T.: Yangi asr avlodi, 2003.-676b.

  5. O`zbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar.-T.:


Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə