1. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi haqida umumiy tushuncha Biologiya darslarida hamkorlikda o’qitish texnologiyasining metodlaridan foydalanish



Yüklə 16,81 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü16,81 Kb.
#165932
10-mavzu


10-Mavzu: Biоlоgiya dаrslаridа hаmkоrlikdа o`qitish tехnоlоgiyalаridаn fоydаlаnish.
Reja:
1.Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi haqida umumiy tushuncha
2.Biologiya darslarida hamkorlikda o’qitish texnologiyasining metodlaridan foydalanish.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.
Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi.
Mazkur g’oyalar bir-birini to’ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.
Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir.
Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahlil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
1. Komandada o’qitish (R.Slavin) da o’quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a`zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e`tiborni qaratadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta`kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi etarli emas. O’quvchilar tom ma`nodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas`uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986).
Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e`tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.
O’zaro hamkorlikning muhim omili va o’quvchilarning o’zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o’zlashtirish ob`ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta`minlaydi.
Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o’zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o’quvchilar ilgari surgan yangi g’oyalar va o’zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.Biologiyani о‘qitishda hamkorlikda о‘qitish texnologiyasining komandada о‘qitish, kichik guruhlarda о‘qitish, “arra” yoki “zigzag”, “Birgalikda о‘qiymiz” metodlaridan foydalanish imkoniyati mavjud:
Hamkorlikda o‘qishning asosiy g‘oyasi – bir nimalarni birga bajarishgina emas, balki birgalikda o‘qishdir!
Guruh bo‘lib ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi:
Bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish;
Maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish;
Didaktik materialni tarqatish;
Guruhdagi ishni rejalashtirish;
Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish;
Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e'tirozlar, qo‘shimchalar, aniqlashtirishlar);
Guruh ishining natijalari to‘g‘risida xabar berish;
Guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish.
“Qalamlar” mashqi
Mashqning ta’rifi. Mashq masqsadi qalamlarni yoki qalpoqchalar bilan yopilgan avtoruchkalarni yoningizda turgan ishtirokchilar bilan birgalikda barmoqlaringiz orasiga saqlab qolishdqn iborat. Dastlab ishtirokchilar tayyorlanish topshirig’ini bajaradilar: Guruh doira shaklida turadi. Ikki qalamni ko’rsatkich barmoqlarining uchlari bilan ushlab qolishga harakat qiladilar. Qollarini yuqoriga-pastga , orqaga-oldinga harakatlantirish, cho’kkalab o’tiring, turing topshirigi beriladi.
Mashqni bajarish vaqtida ishtirokchilardan, bir-birini noverbal idrok etish asosida birgalikda harakatlarni aniq muvofiqlashtirish talab etiladi. Agar har bir ishtirokchi faqat o’zining harakati to’grisida o’ylagan bo’lsa, mashqni deyarli bajarib bo’lmaydi. O’z harakatini sheriklar harakatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim.
Yüklə 16,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə