1. Fanning o’qitilishining ahamiyati va predmeti Boshqa fanlar bilan aloqasi va tadqiqot usullari O’simliklarning asosiy guruhlari



Yüklə 5,08 Mb.
tarix23.09.2023
ölçüsü5,08 Mb.
#123102
1-mavzu.Biogeografiya fanining predmeti, ob’ekti va vazifalari


1-MAVZU:BIOGEOGRAFIYA FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA VAZIFALARI
Reja
1.Fanning o’qitilishining ahamiyati va predmeti
2.Boshqa fanlar bilan aloqasi va tadqiqot usullari
3.O’simliklarning asosiy guruhlari
4.Biogeografiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi
5.Yerning paydo bo’lishi haqidagi nazariyalar
Tayanch iboralar: Biogeografiya fanining o’rganish ob'ekti. Biogeografiyaning geografik fanlar bilan aloqalari. Biogeografiyaning biologik fanlar bilan aloqalari. Bigeografiya fani to’g`risida turli xil olimlarning fikrlari. Floristik-faunistik biogeografiya. Regional biogeografiya. Ekologik biogeografiya. Tarixiy biogeografiya.Biogeografik tushunchalar (fauna, flora, biota, biom).
  • Hozirgi O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishi munosabati bilan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy geografik jihatdan o’rganish ob’ektiv zaruriyatdir. Shu nuqtai-nazardan Biogeografiya fani ham o’qitilishi va o’rganilishi kerak.
  • Biogeografiya fani o’simliklar, hayvonlar geografiyasini umumlashtirib yagona biogeografiya fanini, ya’ni hayot geografiyasini vujudga keltirdi. Biogeografiya fani yer shari yuzasida o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning umumiy tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi.
  • Bu fan tipik organizmlarning yer yuzasidagi geografik imkonlarini, o’zgarishiga qarab ularning tarqalishi hamda o’zgarib borishini bir-biriga bog’liqligini va har bir geografik rayonni (o’zgarishiga qarab) turlarni moslashish xususiyatlarini o’rganadi.
  • O’simlik va hayvonlar guruxi bir-biri bilan doimiy aloqada bo’ladi. O’simliklar dunyosi yoki jamoasi (flora) yoki hayvonlar (fauna) shu muhit uchun organik olamni tashkil qiladi. Shuning uchun biogeografiya fani juda ko’pgina fanlar bilan aloqada bo’ladi.
  • Jumladan, tabiiy geografiya, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti, ekologiya, bitsenologiya, geobotanika kabi fanlar bevosita uzviy aloqada bo’ladi.
  • Biogeografiya fani tirik organizmlarni muxitda joylashishi, strukturasi, dinamikasi, klassifikatsiyasi va kelajakdagi axvolini aniqlovchi fandir.
  • Hozirgi zamon biogeografiya fani boshqa fanlarga nisbatan juda yosh fan bo’lib, u biologiya va geografiya fanlari bazasida vujudga keladi. Faqat biogeografiya fani metodlari bilangina organik olamni yer sharida tarqalish qonuniyatlarini xamda o’zaro munosabatlarini o’rganish mumkin. O’simlik va hayvonot dunyosidan foydalanib ular populyatsiyasini saqlab qolish va insoniyat uchun hayotiy zaruriyat bo’lgan oziq-ovqat zahirasi va ularning bazasini yaratish uchun zarur.
  • Hayot shakllari biosfera qismlarida xar-xil tarqalgan. Biosfera - atmosferada, litosferada, gidrosferada joylashgan bo’lib, uning umumiy diametri 20-30 km.ni tashkil qiladi. Lekin hayotni eng qaynagan zarur joyi yer sharini 100 m diapazonini tashkil qiladi. Yer sharidagi tirik organizmlar 2,4 trillion tonnani tashkil qiladi. Yer sharining boshqa qismlari bilan solishtiradigan bo’lsak atmosfera massasiga nisbatan 2150 marta kam. Atmosferaning og’irligi 10,515 kvatrillion tonnani tashkil qiladi. Paroxod qanday bosimda suzsa, samolyot xam zich havoda shunday suzib yuradi.
  • Yer sharining gidrosfera qismi 1,5 kvintrillion tonna, tirik organizimga nisbatan 600 martaga ko’p. Massa jihatdan quruqlikning asosiy massasini o’simliklar tashkil qiladi, 99,2%, ya’ni 2,37 trillion tonna o’simliklar hisobiga, 0,02 trillion tonnasi hayvonlar hissasiga, ya’ni 0,8% ni tashkil qiladi.
  • Okeanda biomassa quruqlikdagidan farq qiladi. Okeanda o’simliklar 0,0002 trillion tonna 3,3%, hayvonlar 0,0030 trillion tonna 96,7 % ni tashkil qiladi. Okeanda 160 ming tur hayvonlar va 10 ming tur o’simliklar uchraydi.
  • Okeanda eng yirik hayvon sut emizuvchilarga (mamalia) sinfiga kiruvchi ko’k kitlardir. Ularning og’irligi 150 tonna bo’lib, uzunligi 35 m.ga teng bo’ladi. Quruqlikdagi eng katta hayvon Afrika fili bo’lib, og’irligi 5 tonna 700 kg. Eng baland sut emizuvchi jirafa 5,86 metrni tashkil qiladi. Eng tez chopadigan hayvon geopard bo’lib, 1 soatda 170-180 kmni tashkil qiladi. Eng og’ir tuxum 1 kg, uzunligi 20 sm, diametri 15 sm. ga teng tuyaqush tuxumidir. Dunyodagi eng baland daraxt sekvoyadendron 155 m. Evkalint-120 m.
  • Yer shari qit’alarining katta qismi yashil o’simliklar bilan qoplangan. Muz sahrolaridan iborat Antraktika qit’asining ichki qismi Grenlandiya arktikaning ayrim kengliklari hamda tog’larning eng yuqori qismi va quruq sahrolar istisno. Bu joylarda o’simliklar qoplamini tarqalishining chegaralanishiga sovuq va qurg’oqchilik to’sqinlik qiladi. Bu joylarning ayrim hududlarida suvo’tlari uchraydi. Arktika va Grenlandiyaning ichki muzliklarida o’simliklar yo’q xolos. Shimoliy yarimsharning 80 chi paralellidan shimolroqda ham 110 turga mansub o’simliklar o’sadi. Grenlandiyaning shimoliy qismidagi (830 241 shimoliy kenglik va 390 311 g’arbiy uzunlikdagi) Lokvud orolidan gulli o’simliklar orasida eng shimolda tarqalgan Cerastium alpinum topilgan. Moxlar, lishayniklar va ayrim suvo’tlar yanada yuqoriroqda uchraydi.
  • Ekvatorning shimoli va janubidagi tog’larning yuqorisida 5000 metr balandliklarda gulli o’simliklarning ko’plab turlari uchraydi. Kurrai zaminimizdagi eng baland tog’ cho’qqisi Jomalungmada 8848 m balandlikda yostiqsimon ko’rinishli Arenaria musciformis aniqlangan. Ayrim lishayniklar va suvo’tlar undan ham balandliklarda tarqalgan.
  • Sahrolar ham quruq emas, g’aroyib turlardan biri velvichiya o’sadi. Xullas kurrai zaminimiz fitospora bilan o’ralgan.
  • Tropiklarda o’simliklar barq urib o’sishini hammamiz bilamiz. Bu yerdagi o’simliklarning qoplamini qalinligi 50 metrlargacha yetadi. Ayrim daraxtlar ulardan 20-30 metr ko’tarilib turadi. Undan ham balandroq 80-90 metrlargacha mamont daraxtlaridan tashkil topgan Shimoliy Amerikaning g’arbidagi o’rmonlar ko’tariladi. Bu joyda bo’yi 142 metrga yetadigani ham aniqlangan. Avstraliyadagi ekvalipt (Eucalyptus amygdalina) bo’yi 150-155 metr keladi degan xabarlar ham bor.
  • Dengiz va okeanlarda o’simliklar 20 metrlargacha juda ko’p turlardan iborat. 200 m chuqurliklargacha assimilyatsiyalovchi o’simliklar o’sadi.
  • Geterotrof oziqlanadigan, pigmentlari yo’qolgan suvo’tlarni 5000-6000 metr chuqurliklardan ham aniqlangan. Geterotrof tirik bakteriyalar 10400 metr chuqurlikdan topilgan.
  • Fitosporaning tarkibini tashkil qiladigan turlarning soni aniq emas.
  • Hali ham yerimizda o’sayotgan o’simliklarning sistematik tarkibi o’rganib bo’lingani yo’q.
  • Har yili butun dunyo bo’ylab 2000 atrofida fanga yangi turlar aniqlanmoqda.
  • Umuman olganda kurrai zaminimizda 400000 atrofida o’simlik turlari borligi haqida ma’lumotlar ko’plab adabiyotlarda keltirilgan.
  • O’simliklarning asosiy guruhlari quyidagi taxminiy turlardan iborat:
  • Qo’ng’ir suvo’tlar (Phaeophyta) 1500
  • Qizil suvo’tlar (Rhodophyta) 3800
  • Pirofit suvo’tlar (Pyrrophyta) 1200
  • Yashil suvo’tlar (Chlorophyta) 8000
  • Boshqa suvo’tlar (Euglenophyta va boshqa) 1000
  • Zamburug’lar (Mycota) 40000-50000
  • Lishayniklar (Lichenes) 20000
  • Moxsimonlar (Bryophyta) 25000
  • To’qimali sporalilar (Pteridophyta) 11000
  • Ochiq urug’lilar (Gymnospermae) 600
  • Yopiq urug’lilar yoki gullilar(Angispermae) 260000
  • Suvo’tlarning 34000-35000 ba’zi istisnolar bilan chuchuk suvda, ulardan 55-60% dengizlarda tarqalib ulardan 11000-14000 tur atrofidagisini diatom suvo’tlari tashkil qiladi.
  • Shuni ta’kidlashimiz lozimki, biz hozir gulli o’simliklarning barq urib o’sib rivojlanayotgan davrida yashayapmiz.
  • Shu boisdan o’simliklarning Yer yuzi bo’ylab tarqalishida biz urug’li o’simliklarning geografiyasi haqida so’z yuritamiz.
  • Biogeografiya fanining o’rganish metodi asosan o’simliklar florasi va hayvonlar faunasini o’rganish metodlariga asoslangan.
  • Xar ikkalasi birgalikda biododlar deyiladi, xosil qilingan massa biota deyiladi.
  • Demak, biogeografiyaning asosiy maqsadi biotaning tarqalish qonuniyatlari va ulardan ratsional foydalanish ekologik hayotni yaxshilashdan iborat.
  • Oparin nazariyasi - Hayot dastlab suvda paydo bo’lib, buni laboratoriyada aniqlash mumkin. Suvni tapkibida CA2O, S, N, O2, H, C kabi elementlar bo’ladi, bular yuqori temperaturada o’zaro birikib H2O, H2S, NO3, CO3, CH hosil qilgan. 2 bosqichda H2CO3, HNO3 moddalari hosil bo’ladi. Bular yana o’zaro bir-biri bilan birikadi.
  • Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekulyar evolutsiya natijasida hosil bo'lishi to'g'risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J. Xoldeyn (1929) tomonidan yaratilgan.
  • Tabiatshunoslar fikriga ko'ra Yer bundan taxminan 4,5—5 milliard yillar oldin paydo bolgan. Dastlab Yer changsimon holatdu, harorati juda yuqori (4000—8000°C) bolgan. Asta-sekin sovish jarayonida og'ir elementlar sayyoramizning markaziga, yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan.
  • Yerda eng qadimgi oddiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo boigan deb taxmin qilinadi. Hayot avval kimyoviy, keyin esa biologik evolutsiyaning mahsulidir.
  • Kimyoviy evolutsiya Yerning birlamchi atmosferasi tarkibidagi N, H, С, О o'zaro reaksiyaga kirishib ammiak, metan, uglerod oksidlari, vodorod sulfid, suv bug’lari kabi oddiy organik birikmalarni hosil qilgan. Biologik monomerlar abiogen usulda sintezlangan. Yerning sovishi natijasida birlamchi okeanlar hosil bo'lgan. Suvdagi kislorod hisobiga oddiy organik birikmalar oksidlanib spirtlar, aldegidlar, aminokislotalar hosil bo'lgan, birlamchi okean murakkab organik moddalar bilan to'yinib borgan.
  • A I. Oparin hayotning paydo bo'lishini tajribada o'rganish mumkinligi g'oyasini birinchi bo'lib olg'a surdi. Darhaqiqat S. Miller (1953) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug'lariga elektr uchquni ta`sir etib asparagin, glitsin, glutamin aminokislotalarini sintezladi (bu sistemada gazlar birlamchi atmosferani, uchquni esa yashinni imitatsiyalaydi).
  • D. Oro vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib adeninni sintezlaydi. Metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi miliar ta'sirida riboza va dezoksiriboza sintezlandi. Bunday tajribalar natijasi ko'plab tadqiqotlarda tasdiqlandi.
  • Evolyutsiya jarayonida monomerlar biologik polimerlar (polipeptidlar, polinukleotidlar)ga aylangan. Bu farazlar ham tajribalarda tasdiqlandi. S. Foks aminokislotalar aralashmasini qizdirib proteinlar (oqsilsimon moddalar)ni sintezladi. Keyinchalik tajribada nukloidlar polimerlari ham sintezlandi.
  • Oparin fikriga ko'ra oqsil molekulalari kolloid birikmalarni liosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan konservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi (lotincha koatservus — quyqa, quyuq narsa ma'nosini anglatadi).
  • Koatservatlar o'ziga suvdan har xil moddalarni biriktirib, bir-birlaridan tobora farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib chiqarilgan.
  • Koatservatlarni tirik mavjudotlar deb atash mumkin emas. Kimvoviy evolutsiyaning so'nggi bosqichlarida koatservatlar o'sa boshlagan, moddalar almashinishiga o'xshagan tirik organizmlarga hos belgilar paydo bo'lgan. Koatservatlar membrana bilan o'rala boshlagan va ularda bo'linish xususiyati paydo bo'lgan deb faraz qilinadi.
  • Bunday koatservatlar protobiontlar yoki birlamchi hujayralar deb ataladi.
  • Koatservatlarga o'xshagan birikmalar A. I. Oparin va uning shogirdlari tomonidan tajribada hosil qilingan va ularning xususiyatlari yaxshi o'rganilgan.
  • Protobiontlar ham hali to’liq hayot shakli emas. Ularda asta-sekin fermentlar (kofermentlar, xususiy fermentlar), ATFga o'xshash birikmalar abiogen usulda paydo bola boshlagan deb faraz qilinadi.
  • Protobiontlarning haqiqiy hujayralarga aylanishida oqsillar va nuklein kislotalar funksiyalarining o'zaro moslashishi va qo'shilishi natijasida matritsali sintez usuli paydo bo'lishi katta ahamiyatga ega bolgan.
  • Matritsali sintez jarayoni paydo bo'lishi bilan kimyoviy evolutsiya o'z o'rnini biologik evolutsiyaga bo'shatib bergan. Hayotning rivojlanishi endi biologik evolutsiya yo'li bilan davom etgan.
  • Hayotning biokimyoviy evolutsiyasida avval oqsillar paydo bolganmi yoki nuklein kislotalarmi degan muammo mavjuddir. A. I. Oparin nazariyasiga ko'ra dastlab oqsil molekulalari paydo boigan. Genetik faraz tarafdorlari esa, aksincha, dastlab nuklein kislotalari paydo boigan deb hisoblashadi. Bu faraz 1929-yilda G. Miller tomonidan taklif etilgan. Laboratoriya tajribalarida nuklein kislotalar fermentlar ta'sirisiz ham replikatsiyalanishi mumkinligi aniqlangan. Olimlar birlamchi ribosomalar faqat RNKdan tashkil topgan, ularda keyinchalik oqsil sintezlash xususiyati paydo bo'lishi mumkin deb hisoblashadi.
  • Bu farazni tasdiqlovchi yangi ilmiy malumotlar olindi. Ribonuklein kislota fermentlarsiz ham replikatsiyalanishi, teskari transkripsiya, ya'ni informatsion RNK asosida DNK sintezlanishi mumkinligi genetik farazni tasdiqlovchi dalillardir.
  • Biogeografiya fanida foydalaniladigan uslublar
  • Biogeografik va ekologik ilmiy-tadqiqot ishlarda ko’pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda ekosistemalarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan uslublardir. Ammo modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan hisoblanadi. Shuning uchun ushbu uslub haqida bir oz ma’lumot berishga harakat qilamiz. Biologiyada modellashtirish tuzilishlarni, fiziologik funktsiyalarni hamda evolyutsion va ekologik jarayonlarni va shunga o’xshashlarni soddalashtirish yo’li bilan o’xshatish ma’nosida umumlashtirish, dinamik yoki statik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil qiluvchi tadqiqot uslubidir.
  • Biz populyatsiyalardagi murakkab hodisalarni matematik modellar yordamida o’rganmoqchimiz, ya’ni populyatsiyalarning dinamik nazariyasi bilan tanishmoqchimiz. Bu yerda populyatsiyaning miqdoriy dinamikasi uning jinsiy va yosh tuzilmasi, tashqi muhit ta’siri, evolyutsiyaning har xil omillari ta’sirida o’tadigan genetik shakl va odamzod faoliyati natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Jonsiz olamda dinamik jarayonlar juda ko’p uchratiladi. Ularni modellashtirish ham oson. Ammo tirik organizmlar uchun dinamik modellar yaratish nisbatan ancha qiyin. Shuning uchun dinamik modellar yaratishdan avval statik modellar bilan shug’ullanilgan. O’simlik barglarining joylanish tartibi yoki mollyuska chig’anoqlarining burma (spiralь) chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga harakat qilish statik modellashtirishga misol bo’ladi.
  • Dinamik modellar shaxsning o’sishiga oid bo’lib, ularni 1831 yilda belgiyalik olim Adolf Ketls tuzgan edi. Modelь voqelikni aniq aks ettirishi, uning kelib chiqish qonuniyatlarini saqlab qolishi kerak.Modelь tuzilgandagi mushohada, olingan modellarning bir-biriga o’xshashi juda ko’p hodisalarning ma’nosini ochishga, ularni tahlil qilishga imkon beradigan darajada bo’lishi lozim. Modelь tuzganda biz individlarning tug’ilish va tirik qolish mexanizmlarini populyatsiyalardagi ichki aloqalarga bog’lashimiz, populyatsiya ko’rsatkichlarini esa biotik va abiotik muhit orqali aniqlashimiz kerak. Bundan tashqari, individlarning genetik xususiyatlari ham muhim rolь o’ynaydi. Ma’lumki, tabiatda bir jinsli populyatsiya yo’q. individlar genotipi nasllar soniga, ko’payish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatadi. Demak, populyatsiyaning har bir guruhi o’ziga xos ko’payish ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Bu omillarni hisobga olmay turib to’g’ri modelь tuzish mumkin emas. Matematik modellash biologik hodisalarni aniq sharhlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ahamiyatga ega.
  • Biogeografiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi.Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi haqidagi fikr qadimdan ma’lum bo’lgan. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli g’arizalari (instinktlari), baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Uyg’onish davridagi ishlarda o’simlik va hayvonlarning tuzilishlari yashash sharoitlari bilan bog’liq holda o’rganiladi.
  • XVII—XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o’rganishga qaratilgan edi. XVIII asrda Rossiya o’lkasi bo’ylab o’tkazilgan sayohatlar natijalariga asoslanib, ko’pchilik sayyohlar (S.P.Krasheninnikov, V. I. Lepexin, P.G.Pallaslar) o’simliklar va hayvonot dunyosi iqlimning o’zgarishiga qarab o’zgarishi haqidagi fikrlarni o’z asarlarida bayon etganlar. J.Byuffon (1707—1778)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri masalasi ko’tarilgan edi. J. B. Lamark (1774—1829) dastlabki evolyutsion ta’limotni o’rtaga tashladi va o’simlik hamda hayvonlarning evolyutsion o’zgarishlarida eng muhimi— tashqi muhit ta’siri deb hisobladi. XIX asrdagi ekologik ma’lumotlar (A.Gumboldt,1769—1859) o’simliklar geografiyasida yangi ekologik yo’nalishni keltirib chiqardi.
  • Iqlim ta’siri tufayli hayvonlar biologiyasiga va tarqalishiga bag’ishlangan ishlar ham vujudga keldi. K.F.Rule (1814—1858) o’z tajribasini hayvonlarning atrofini o’rab olgan tashqi muhit o’rtasidagi murakkab munosabatlarni o’rganishga qaratdi. 1859 yilda Ch.Darvin «Tabiiy tanlash yo’li bilan turlarning kelib chiqishi» asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur bilan muhit o’rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko’rinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.
  • XIX asrning ikkinchi yarmida ekologiya fani o’simliklar va hayvonlarning iqlim omillariga moslanishlarini o’rganish bilan mashg’ul bo’ldi. A.N.Beketov, (1825—1902) o’simliklarning ichki va tashqi tuzilishlaridagi xususiyatlari, ularning geografik tarqalishi bilan bog’liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini ko’rsatdi. Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida A.F.Middendorf tomonidan o’rganildi. 1877 yilda nemis gidrobiologi K. Myobius biotsenozlar haqidagi u tasavvurlarni asoslab berdi. Jamoalarni o’rganish turli uslublar bilan boyidi va o’simliklar jamoasi (fitotsenologiya) o’simliklar ekologiyasining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqdi. O’simliklar jamoasi haqida G.F.Morozov va V.N.Sukachev batafsil fikr yuritib, bu sohaga asos soldilar. V.N.Sukachev, B.A.Keller, V.V.Alexin, V.G.Ramenskiy, A.P.Dennikov, xorijda F.Klementes, K.Raunkier, T.DyuRie, I.Braun-Blanke va boshqalar umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. 30-40-yillarda hayvonlar ekologiyasi bo’yicha umumky ekologiyannng nazariy masalalari bilan birgalikda yangi ma’lumotlar to’plana boshlandi. Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Kashkarovning 1933 yilda chop qilingan «Muhit va jamoa» degan asari keyinchalik «Hayvonlar ekologiyasi asoslari» nomi bilan birinchi yozilgan darslik bo’lib qoldi. 30- yillarda ekologiyaning yangi tarmog’i hisoblangan populyatsion ekologiya vujudga keldi. Uning asoschisi ingliz olimi Ch. Elton hisoblanadi.
  • Evolyutsion va ekologik masalalarni o’z ichiga qamrab olgan ekonisha, ya’ni tabiatda turning yashashi uchun zarur bo’lgan muhitning barcha omillari yig’indisi haqidagi tushunchalar g’arb olimlari J.Grinnell, Ch.Elton, R.Makartur, D.Xatchinson, G.F. Gauzelarning xizmati tufayli fanga kiritildi. Hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda M.S.Gilyarov, S.S.Shvartslar katta hissa qo’shdilar. I.S. Serebryakov tomonidan gulli o’simliklarning hayot shakllari tasnifoti ishlab chiqildi. 40-yillarning boshlarida tabiiysistemalarni o’rganish jarayonida yangi yo’nalish kelib chiqdi. 1935 yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942 yilda esa V.N.Sukachev biogeotsenozlar haqidagi ta’limotni ilgari surdilar. 50- yillarning boshlarida G. Odum, Yu.Odum, R. Uitekker, R.Margalef va boshqalar biologik mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar. Ekosistemali tahlilning rivojlanishi biosferani yangi, ya’ni ekologik asosda o’rganish imkonini yaratdi. Biosfera hadidagi ta’limot XX asrning yirik tabiatshunos olimi V. I. Vernadskiy nomi bilan bog’liqdir. Hozirgi vaqtda «Inson va biosfera» mavzuidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlari tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi asosiy qonuniyatlarni yanada chuqurroq o’rganishga qaratilgan.
  • Nazorat uchun savollar
  • 1. Biogeografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmetini tushuntiring?
  • 2. Biogeografiya fanini o’qitishdan maqsad va mazmun nimada deb o’ylaysiz?
  • 3. Biogeografiya fanini tadqiqot usullarini tushuntiring?
  • 4. Yerni paydo bo’lishi haqidagi nazariyalar mazmunini tushuntiring?
  • 5. Areallar nima va uni uzilib qolish sabablarini tushuntiring?

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə