1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar


Viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə31/39
tarix29.11.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#140597
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
PF-4947 07.02.2017

3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish

189.

Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan Nurota, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Qiziriq, Muzrabot, Boyovut, Sardoba tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyati hokimliklari, tijorat banklari

Dastur asosida

Tijorat banklari kreditlari, tadbirkorlarning mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Tumanlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, aholi bandligi, turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.

190.

Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida kichik biznesning innovatsion texnoparklarini tashkil etish.

2017-yil I chorak

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Markaziy bank,
Fanlar akademiyasi, DSQ, O‘zbekenergo, O‘ztransgaz,
Toshkent shahar hokimligi

Manzilli dasturlar asosida

Ijrochilar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiya
va kreditlar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Kichik biznes subyektlarining barcha qulayliklarga ega bo‘lgan hududda faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratiladi.

191.

Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samara-dorligini oshirish maqsadida:
kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holatini tanqidiy o‘rgangan holda tegishli chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, hududning resurs salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning to‘liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish;
investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish.

2017-yil I chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi,
O‘zbekenergo, O‘ztransgaz,
Savdo sanoat palatasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

-

-

Kompleks chora-tadbirlar.
Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan oqilona va samarali foydalanish, zamonaviy va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

192.

O‘zida sanoat-iqtisod ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni, tabiiy va mehnat resurslarini, shuningdek, hududning boshqa potensial imkoniyatlarini ifoda etgan respublikaning har bir tuman (shahar) pasportini tuzish.

2017-yil IV chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Tuman (shahar) pasportidan erkin foydalanishga qaratilgan zamonaviy tizim joriy etiladi.
Hududlarga investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

193.

Tarmoqlar va xo‘jal�k birlashmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda, birinchi navbatda, ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda amalga oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish:
Yengil sanoatda 85 ta, charmpoyabzal sohasida 31 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 16 ta, oziq-ovqat sanoatida 78 ta, farmatsevtika sohasida 18 ta, elektrotexnika sanoatida 17 ta loyiha.

2017-yil I chorak

O‘zbekyengilsanoat,
O‘zbekcharmpoyabzali,
O‘zqurilishmateriallari,
O‘zbekoziqovqatxolding,
O‘zdonmahsulot,
O‘zvinosanoatxolding,
O‘zfarmsonat,
“Dori-Darmon” AK,
O‘zeltexsanoat,
tijorat banklari

Biznes rejalari
va loyiha hujjatlari asosida

Ijrochilar mablag‘lari, tijorat banklari va xalqaro moliya institutlari kreditlari

Loyiha hujjati.
Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tumanlarni sanoat salohiyatini oshirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish imkonini beradi.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə