1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish Auditorlik faoliyatiga oid me’yoriym hujjatlarning mazmuni va



Yüklə 23,29 Kb.
səhifə1/2
tarix17.06.2023
ölçüsü23,29 Kb.
#117580
  1   2
1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish Auditorlik faoliyatiga


MAVZU: O’zbekistonda auditorlik faoliyatini faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi va uning elementlari
Reja:
1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish
2. Auditorlik faoliyatiga oid me’yoriym hujjatlarning mazmuni va



  1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish

O’zbekistonda audit 1991 yildan tashkil topa boshladi. Ushbu davrdan boshlab auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi bir qator me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Asosiy me'yoriy hujjatlar quyidagilardan iborat:

  1. "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 1992 yil 9 dekabr, (yangi tahrir) 2000 yil 26 may. Mazkur qonunga O’zR 13.12.2002 y. 447II-son qonuniga muvofiq, hamda O’zR. qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 29 iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 2007 yil 24 avgustda ma'qullangan

“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son qonuniga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan.

  1. Yangi tahrirdagi "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qarori. 2000 yil 26 may.

  2. "Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli Qarori. Mazkur qarorga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan: O’zR VM 29.11.2005 y. 266- son qarori, O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son

qarori, O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son qarori, O’zR VM 17.05.2007 y. 99-son qarori, O’zR Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-907-son qarori.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qaroriga 2-ilova. “Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub'ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risida” Nizom. Mazkur Nizomga O’zR Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-907-son qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan.

  2. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabr 365-son qaroriga 3-ilova. “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to’g’risida”gi Nizom. Mazkur Nizomga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan: O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son qarori, O’zR Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-907-son qarori.

  3. "Auditor malaka sertifikatini berish to’g’risida”gi Nizom. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 13 oktyabrda 977-son bilan ro’yxatga olingan (Ushbu Nizomga O’z.R moliya vazirligining 2004 yil 19 apreldagi 977-1 son, 2005 yil 18 oktyabrdagi 977-2 son va 2007 yil 18 iyul 977­3-son buyruqlari bilan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan hamda Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan).

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-475- sonli qarori.

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida” 2007 yil 4 apreldagi PQ-615 sonli qarori.

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son qaroriga ILOVA “Auditorlik tashkilotlari to’g’risida” Nizom. Mazkur Nizomga O’zR Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-907-son qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan.

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2008 yil 2 iyuldagi PQ-907 sonli qarori.

  8. Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalarda tashqi auditni o’tkazadigan auditorlik tashkilotlari ro’yxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida

(O’zR AV 28.03.2007 y. 1668-son bilan ro’yxatga olingan O’zR DMBDQ

  1. y. 01G'12-18G'03-son vaO’zR MV 20-son qarori).

  1. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari.

  2. O’zbekiston auditorlarining kasbga oid ahloq Kodeksi. O’zbekiston auditorlar Palatasining 2005 yil 25 iyun 3-son, O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2005 yil 4-son Qarorlari bilan tasdiqlangan. Auditorlik tekshiruvi natijalari ko’pchilik iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun asos bo’lganligi sababli barcha davlatlarda audit yetarli darajada qat'iy tartibga solinadi. Ularning ayrimlarida (masalan, Fransiyada) auditning me'yorlari, me'yoriy hujjatlarini belgilab, auditorlar va auditorlik firmalarini ro’yxatga olish va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish yo’li bilan davlat ushbu jarayonga aralashadi. Boshqa davlatlarda (AQSh, Angliya) ushbu jarayon kasbiy ijtimoiy auditorlik tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi. Mamlakatimizda shakllangan va rivojlanayotgan auditorlik faoliyatini huquqiy-me'yoriy tartibga solish tizimini uchta pog’onaga bo’lish mumkin. Ushbu tizimning birinchi (yuqori) pog’onasida O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun 29 moddadan iborat.

“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’onasiga kiritish mumkin. Jumladan, 22 sentyabr 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida”gi Qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, “Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to’g’risidagi Nizom”, “Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub'ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risidagi Nizom” va “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Nizom” tasdiqlangan. Auditorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun amaliy iqtisodiy rahbarlar va soliq imtiyozlari hamda preferensiyalar yaratildi, litsenziyalar berish tizimi sezilarli darajada soddalashtirildi va liberallashtirildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ- 325-sonli "O’zbekiston Respublikasida 2006 - 2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish choratadbirlari to’g’risida"gi qaroriga muvofiq, auditorlik xizmatlarini ko’rsatadigan auditorlik tashkilotlari 2006 yil 1 apreldan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) solig’i va yagona soliq to’lovini to’lashdan
ozod etilgan. Bunda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 maydagi PQ-640-sonli "O’zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo’lgan davrda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida"gi qaroriga asosan, yuqorida ta'kidlab o’tilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati kichik korxonalar va mikrofirmalarga tegishli auditorlik tashkilotlari uchun 2010 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Audit holatini o’rganish natijalari bo’yicha va shuningdek, auditorlik tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlarini bajarish uchun javobgarligini kuchaytirish, auditorlik xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik xizmatlari bozorida insofsiz (noqonuniy) raqobatni tag-tomiri bilan yo’qotish maqsadlarida 2007 yil 4 aprelda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining PQ-615-sonli "Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan:

  1. 2008 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tekshiruvlari turlariga qarab auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarning tabaqalashtirish tizimi kiritildi;

  2. auditorlik tashkilotlari va auditorlarning javobgarligini va ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga yo’naltirilgan qo’shimcha litsenziya talablari va shartlari o’rnatildi;

v) auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshirilishi va faqatgina bir auditorlik tashkilotida ta'sischi bo’lish mumkinligi talabi kiritildi;
g) auditorlik tashkilotlari tomonidan bitta xo’jalik yurituvchi sub'ektning auditorlik tekshiruvini uch yildan ortiq ketma-ket o’tkazishni taqiqlash to’g’risidagi talab kiritildi:

  1. auditorlik tashkilotlarida auditorlar ish sifatining ichki standartlarining majburiy mavjudligi talabi kiritildi;

  2. auditorlarning professional jamoat birlashmalari tomonidan auditorlik tashkilotlarni majburiy reyting baholash tizimi joriy etilmoqda;

j) auditorlik tashkilotining litsenziyasi va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatish uchun asoslar qayta ko’rib chiqildi;
z) auditorlik tashkiloti rahbari uch yilda bir marotaba attestatsiyadan majburiy o’tishi to’g’risidagi talab kiritildi;
i) tashkilotlar tomonidan auditorlik faoliyati to’g’risidagi ma'lumotlarni har yarim yilda bir marta belgilangan shaklda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga majburiy taqdim etish talabi kiritildi;
k) auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi Moliya vazirligi tomonidan har uch yilda kamida bir marotaba majburiy tekshirib turilishi to’g’risida talab kiritildi va boshqalar.

Yüklə 23,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə