1. Aholining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash


Ijtimoiy sohaning moddiy-texnik ta’minoti



Yüklə 47,16 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü47,16 Kb.
#157225
1   2   3   4
1 Aholining kam ta\'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash hozir

2. Ijtimoiy sohaning moddiy-texnik ta’minoti.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida moddiy-texnika ta’minotini takomillashtirish maqsadida va O‘zbekiston SSJ Prezidentining “O‘zbekiston SSJ Davlat moddiy-texnika ta’minoti qo‘mitasini O‘zbekiston SSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida” 1991-yil 1-martdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston SSJ Davlat moddiy-texnika ta’minoti qo‘mitasi hamda uning jumhuriyat va viloyat bo‘linmalari negizida O‘zbekiston SSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi tashkil etilsin.

2. O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi tizimining faoliyati paychilarning yakka va jamoa tarzida a’zo bo‘lishi, kooperativ, davlat, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlari hamda korxonalarining va yakka tartibda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi prinsiplarida amalga oshirilishi, bunda ularning qo‘shadigan ulushlari va birgalikdagi xo‘jalik faoliyatining natijalariga bog‘liq holda dividendlar olish huquqiga ega bo‘lishi beligilab qo‘yilsin.

3. O‘zbekiston SSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

bitimlar, xo‘jalik shartnomalari va hukumatlararo kelishuvlar, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yo‘naltiriladigan xalq iste’moli mollarini O‘zbekiston SSJ hududida joylashgan korxonalardan xarid qilib olish asosida xalq xo‘jaligi tarmoqlarini (agrosanoat kompleksi bundan mustasno), shuningdek davlat, jumhuriyat va jumhuriyatlararo ilmiy-texnikaviy, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moddiy-texnikaviy ta’minlash;

bitimlar tuzish hamda ittifoq va jumhuriyat organlari ajratadigan kvotalar bo‘yicha davlat ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish, o‘z mahsulotlarini erkin sotadigan korxonalar bilan bevosita shartnomalar tuzish orqali qo‘shimcha resurslarni qidirib topish;

ikkilamchi resurslarni tayyorlashni tashkil etish va sanoat chiqindilarini oborotga jalb qilish, idish-qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular bilan ta’minlash, ortiqcha xomashyo, materiallar va asbob-uskunalar qoldiqlarini o‘zaro foydali shartlarda ayirboshlash va sotishda vazirliklar, idoralar, korxonalar va birlashmalarga yordam berish;

favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish va ishlab chiqarish vositalari bozorini barqarorlashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish hamda jumhuriyat resurslar boyligidan foydalanish shartlarida ehtiyot zahiralarini va moddiy-texnika resurslari rezervini yaratish;

iste’molchilar va tayyorlovchilar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalarini muvofiklashtirish va boshqarib borish choralarini amalga oshirish, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni eksportga hamda hukumatlararo kelishuvlar bo‘yicha yetkazib berishni nazorat qilishni ta’minlash;

axborot-tijorat va ishlab chiqarish xizmatlari ko‘rsatish, iste’mol bozorini tovarlar bilan to‘ldirishga yordam berish va bozor infrastrukturasini rivojlantirish, savdo-vositachilik firmalarini, tijorat markazlarini, tovar birjalari va ulgurji yarmarkalarni, brokerlik va lizing kompaniyalarini tuzish, xorijiy firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

qurilayotgan va qayta barpo etilayotgan ijtimoiy va ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni shartnoma asosida O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi sotadigan nomenklatura bo‘yicha uskunalar, asboblar, elektrotexnika va boshka mahsulotlar bilan komplektlashni ta’minlash, savdo va ishlab chiqarish-texnologiya uskunalari bundan mustasno.

4. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston SSJ hududida joylashgan korxonalar, ularning kimga tobeligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tayyorlanadigan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotni va xalq iste’moli mollarining ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltiriladigan qismini, qoidaga ko‘ra, shartnoma asosida O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi organlari orqali sotadilar.

5. O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi:

tizimga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar (paychilar) hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan bevosita shartnomalar asosida, shuningdek umumittifoq va jumhuriyat davlat dasturlarini moddiy-texnikaviy ta’minlash bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun budjet ajratmalari hisobidan moliyaviy-iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy faoliyatning barcha masalalarini hal qiladi;

bank muassasalarida yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, pudratchilar budjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun pul va xorijiy valyuta mablag‘lari hisobini ochadi, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlardan foydalanadi;

paychilar vakillari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra sug‘urta, rezerv fondlarni tuzish uchun mablag‘larni markazlashtiradi va ularni umumtarmoq vazifalarini hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiradi.

6. O‘zSSJ Moliya vazirligi jumhuriyat budjeti hisobidan O‘zbekiston SSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasining bitimlar tuzish, buyurtmalarni joylashtirish hamda jumhuriyatlararo va jumhuriyat davlat dasturlari uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib berish vazifalarini bajarishga xarajatlarini har yili moliyaviy ta’minlashni nazarda tutsin.

7. O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasiga o‘z mablag‘lari, shuningdek, vazirliklar va idoralarning, korxonalar va birlashmalarning mablag‘lari hisobidan mamlakatning yirik iqtisodiy mintaqalarida va ittifoqdosh jumhuriyatlarda resurslarni o‘zaro yetkazib berish masalalarini zudlik bilan hal qilish uchun o‘z vakolatxonalarini ochish huquqi berilsin.

8. O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasiga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni hisobga olgan holda va paychilar bilan kelishuv asosida strukturani, xodimlar sonini va ish haqi fondini mustaqil belgilashga, raisning 6 nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bitta birinchi o‘rinbosari, 11 kishidan iborat hay’at bo‘lishiga ruxsat etilsin.


Yüklə 47,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə